Betaga – ko’p yillik, to’yimli yem-xashak o’simligi. Uning 100 kg pichanida 60 oziq birligi, 4, 2 kg hazm bo’luvchi oqsil bo’lsa, shuncha miqdor yashil ozuqasida 21,2 ozuqa birligi, 0,8 kg hazm bo’luvchi oqsil saqlaydi. Uning tarkibida lizin va gistidin kabi aminokislotalarga boyligi bois undan vitaminli o’t uni, senaj v a boshqa turdagi oziqalar ham tayyorlanadi. Betaganing Moskovskaya-62, VIK-5, Kurskaya kabi navlari keng ekiladi. Ekish me’yori – 14-16 kg.
Ajriqbosh – Qo’ng’irboshli ko’p yillik yem-xashak o’tlarining vakillaridan. Uning 100 kg pichani 48 ozuqa birligini va 3, 1 kg hazm bo’luvchi oqsil saqlashi bilan birga Ca, P, S kabi moddalarga boy hisoblanadi. U har gektaridan o’rtacha 80-90 sentner pichan hosili beradi. Bir dalaning o’zida 4-5 yil davomida foydalanilsa bo’ladi. Ajriqbosh asosan kuzda gektariga sof holda 6-10 kg, aralash holda esa 4 kg hisobida ekiladi.
4-rasm:Bo’ychang mastak. а-tupining umumiy ko’rinishi, b-ro`vagi. Bo’ychan mastak (raygras) – Bu ekin yangi yaylovlarni barpo etishda ahamiyatli hisoblanadi. I Arrhenatherum elatios turiga mansub, ko’p yillik tupi siyrak o’sadigan bahori o’t o’simligi . 3-4 yil yaxshi o’sadi. Ildizi baquvvat, yaxshi rivojlangan popuk ildiz. Poyasi – somonpoya, silliq. Bo’yi 100-170 sm. Bir yilda 2-3 marta o’rib olinadi. Bargi nashtarsimon, 25 sm gacha boradi. 1000 ta urug’ining vazni 2,5-3,0 gr. Bo’ychan mastak 100 kg yashil ozuqasida 19,8 ozuqa birligi 2,2 kg hazm bo’luvchi oqsil, shuncha miqdor pichanida esa 54,7 ozuqa birligi va 8,5 hazm bo’luvchi oqsil mavjud. Bo’ychan mastak dukkakli o’tlar bilan aralash ekilganda to’yimliligi oshadi va eng muhimi – achchiq ta’mi yo’qoladi. Ushbu ekinning Poltavskiy – 521 navi keng ekiladi. Ekish me’yori – sof holda – 15-20 kg, aralash holda esa 8-10 kg. Ko’p o’rimli (raygras) mastak (Lolium multiflorum L.) ham xuddi bo’ychan mastak singari ko’p yillik (2-3 yil yashaydi) o’simlik. Poyasi tik o’sadi. Bo’yi 60-80 sm. Bir mavsumda 2-3 marta o’rib olinadi.
Topshiriq: 1. Qo’ng’irboshli yem-xashak o’tlarini morfologik belgi va xususiyatlarini o’rganish.
2. Oziqa birliklarini bilish. Rasmini chizish va daftarga qayd etish.
3. Suvbug’doyiq va erkak o`ti o`simliklari to`g`risida ma’lumot bering.
4. Oq so’xta va sudan o`tining morfologik belgi va xususiyatlarini o’rganish.
5. Ajriqbosh va betaga o`simliklari to`g`risida ma’lumot bering.
6. Bo’ychan mastak morfologik belgi va xususiyatlari.