«biologiya» kafеdrasi


-Amaliy mashg’ulot:Tugunakmevaning anatomik tuzilishi. Hosil strukturasini aniqlash. Ildizmevaning anatomik tuzilishi. Ikkinchi yilgi o`simlikning fenologiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə18/25
tarix24.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#102053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
AMALIY MASHG\'ULOT 2023 o\'SIMLIKSHUNOSLIK

10-Amaliy mashg’ulot:Tugunakmevaning anatomik tuzilishi. Hosil strukturasini aniqlash. Ildizmevaning anatomik tuzilishi. Ikkinchi yilgi o`simlikning fenologiyasi.
Dars maqsadi: Talabalarga tugunakmevaning anatomik tuzilishini, hosil strukturasini, ildizmevalar fenologik kuzatishni o’rgatish.
Kerakli jihozlar:Termostat, mikroskop, lineyka, kartoshka tugunagi, ildizmevalar.
Ishni borishi: Tugunakmevalar - bu guruhga har xil botanik oila va turlarga mansub tuganakmeva hosil qilib ularni tarkibida oson hazm bo'ladigan karbon suvlari saqlashidan ajralib turadigan o'simliklar kiradi. Tuganakmevalilar tarkibida 65-84 foiz suv va 15-36 foiz quruq modda bo'ladi. Tuganakmevalilar oziq-ovqatda, yem-xashak sifatida va texnikada xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalilar yerosti poyalar yoki ildizlarda 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevali o'simliklardan O'zbekistonda kartoshka ekiladi va qisman topinambur va batat ekiladi.Kartoshka ahamiyati. Kartoshka muhim oziq-ovqat, texnik o'simlik bo'lib, tuganagi tarkibining 75 foizi suv va 25 foizi quruq moddadan iboratdir. Quruq modda o'z navbatida 1 foiz mineral birikma, 1 foiz to'qima, foiz oqsil, 0,7 foiz aminokislota, kraxmal 17-13 foiz, qand 0,9 foiz, pektin moddalar 0,7 foiz, organik kislotalar 0,2 foiz, moy 0,1 foiz va boshqa moddalar 1,5 foizni tashkil etadi. 100 g iste’mol qilinadigan 75 kkal. quvvat beradi. Tuganak tarkibida vitaminlardan PP 0,57 foiz, B-l 0,11 foiz, B-2 0,06 foiz, B-6 0,22 foiz mavjud bo‘lib, vitamin С esa eng ko‘p miqdorda 12 foizni tashkil etadi. Kartoshka hamma turdagi mollar va parrandalar uchun juda yaxshi shirali ozuqa hisoblanadi. U mollarga homligicha, qaynatilgan, quritilgan va siloslangan holda yediriladi. l kg kartoshkaning tarkibida 0,31 ozuq birligi bor. Respublikamiz miqyosida kartoshka asosan oziq-ovqat sifatida ishlatish uchun yetishtiriladi. Yetishtirilgan kartoshkaning 25-30 foizi urug'lik uchun foydalaniladi. Kartoshka agrotexnik ahamiyatga ega. U ko‘pincha qishloq xo'jalik ekinlari uchun yaxshi o'tmishdoshdir.
Tarixi. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika Kardilyerlaridir, chunki And tog‘i tumanlarida va Tinch okeani sohillarida bu ekinning ko‘pgina yovvoyi va yarim yovvoyi turlari hozir ham o‘sadi. U Yevropaga XVI asr ikkinchi yarmida keltirilgan. Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda kartoshka XIX asr o'rtalarida keng tarqaladi. O'zbekistonda 1999-yil 52,7 ming ga maydonga ekilgan, o‘rtacha hosildorligi 12,1 t ga to‘g‘ri keladi.
Biologiyasi. Kartoshka issiqlikni kam talab qiladi. Shuning uchun tuganaklaming ko‘karishi va o'simlikning o‘sishi ko‘pchilik navlari uchun 6-7°C dastlabki harorat deb hisoblanadi. Tuganaklarning yaxshi o'sishi uchun esa o‘rtacha harorat 19-23 °C ni tashkil etadi. Tuganak o‘stirilayotgan vaqtda harorat 3-5 °C va 31 °C dan yuqori bo‘lsa u ko‘karishdan to'xtaydi. Kartoshka ildizi harorat 7 °C dan yuqori bo‘lgan vaqtda hosil bo‘ladi. Uning poyasi esa 5-6°C dan o‘sa boshlaydi, jadal o‘sishi esa 17-22 °C da yuzaga keladi. Yuqori harorat kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning ko‘pincha aynishiga, hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Kechki muddatda yozda ekiladigan urug‘lik kartoshka saqlash vaqtida yuqori harorat ta’sirida ko‘plab nobud bo‘ladi, ekilganda yerda chirib ketadi. Natijada ekin ko‘pincha siyrak chiqadi va hosili keskin kamayadi. Kartoshka yorug'sevar o'simlik. Tuganaklar undirilayotgan vaqtda yorug‘lik yetarli bo‘lmasa u rangi oq, mo‘rt va tezda sinib ketadigan o‘simta hosil qiladi. Running uzunligi kartoshkaning rivojlanishiga katta ta’sir etadi. Uzun kun o‘simlikning rivojlanishi uchun ham, tuganak hosil qilishi uchun ham yaxshidir. Kartoshka namlikka talabchan bo‘lishi bilan birga, qurg‘oqchilikka nisbatan ham chidamlidir. Qurg‘oqchilik, ya’ni tuproq havo namligi yetishmasligi boshlanishi bilan kartoshka tuganak hosil qilishdan to‘xtaydi, ammo u nobud bo‘lmaydi. Qurg‘oqchilik o‘tib ketgandan so‘ng u tuganak hosil qilishni davom ettiradi, bunda hosildorligi keskin kamayib uning sifati pasayadi. Kartoshka tuproqdagi ozuqa mineral moddalarga nisbatan talabchandir. Bir tonna tuganakmeva va tegishli poya barg yetishtirish uchun 6,2 kg azot, 2 kg fosfor va 8 kg kaliy sarflaydi. Kartoshka sho‘r yerlarda yaxshi o‘smaydi, unga xlorli tuzlar salbiy ta’sir etadi. Tuproq tarkibidagi xlor 0,015-0,020 foizdan ko‘p bo‘lsa, hosildorlik sezilarli darajada kamayadi, 0,05-0,07 foiz bo‘lganda esa tuganaklar deyarli hosil bo'lmaydi. Shuning uchun sho‘r yerlarda kartoshka yetishtirish tegishli meliorativ tadbirlarni amalga oshirish zarur. Kartoshka pishib yetilishiga qarab ekiladigan navlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: tezpishar (nihollar unib chiqqanidan pishgunicha 60-65 kun), ertagi-o'rtagi (70-80 kun), o‘rtapishar (90-100), o'rtagi-kechki (110-120 kun) va kechpishar (130-150 kun). O ‘zbekiston hududida uning quyidagi navlari ekiladi: Sedov - tezpishar, serhosil, tuganagi mazasi lazzatli, kraxmali uncha ko‘p emas, yaxshi saqlanadi, sho‘r yerlarda o‘sishga birmuncha chidamli. Tinim davri qisqa, shuning uchun ikki hosilli qilib foydalansa bo‘ladi. Bu nav asosan erta bahorda ekiladi. Tuganagi juda yirik, rangi oq bo‘ladi. Zarafshon - tezpishar, serhosil, tuganaklari serkraxmal, rangi pushti, eti oq. Tinim davri qisqa, shuning uchun ikki hosilli qilib foydalansa bo‘ladi. Issiqqa va aynish kasalliklariga chidamli, poyasi past bo'yli serbarg bo'ladi. So'nggi yillarda Respublikamizda kartoshkaning Gollandiya navlari ko‘p ekilmoqda, jumladan: Romana - tezpishar, serhosil, tuganaklari dumaloq, serkraxmal, eti oq bo'lib, tupi past bo'yli, yirik barglidir. Ko'zlari o'rtacha chuqurlikda joylashgan. Madaniy kartoshka tuganak meva hosil qiladigan ko'p yillik o'simlik bo'lib, uni yer ustki qismli barg va poyalari har yili o'sadi va nobud bo'ladi. Kartoshka vegetativ o'simtalari va qalamchalaridan ko'payadi. Bundan tashqari kartoshka urug'idan ham ko'payadi. Bu usulda ko'paytirish qiyin bo'lganligi uchun bu usul faqat kartoshka seleksiya ishlarida qo'llaniladi.
Ildizi- Popuk ildiz bo'lib, yaxshi rivojlangan hamda u yerning haydalma qatlamida joylashadi. Ildiz poya bo'g'imlaridan, oq ildiz (stolon)dan va poyaning yana tuganakga birikkan qismidan 3-5tadan guruh bo'lib o'sib chiqadi. Urug'idan ekilsa o'q ildiz rivojlanadi. Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga, ya’ni tinim davriga ega, shuning uchun u kovlab olinganidan so'ng tezda o'smaydi. Tinim davri ko'pchilik navlarda 60 kundan ko'p vaqt talab etadi.
Poyasi- Kartoshka 3-5 va undan ko'p poya hosil qilib, tik yoki yotib o'suvchi o'simlikdir, poyalari ham o'z navbatida shoxlaydi. Poyalari uch yoki to'rt qirrali, kamdan-kam holda yumaloq bo'ladi, pastki qismining ichi g'ovak, kartoshka ekilganda bir poyali o'simlik o'sib chiqadi.
Bargi - toq patsimon, kesikli 3-7 juft barglardan iborat. Ularning orasida mayda bargchalar joylashgan bo'ladi. Mayda bargchalarning katta-kichikligi, shakli va soni kartochkaning nav belgilari hisoblanadi. Barg va poyalar kalta tukchalar bilan qoplangan bo'ladi. Guli gajaklarga to'plangan to'pgul ko'rinishiga ega. Gullari ikki jinsli, o'zidan changlanuvchi, tojbarglari qo'shilib ketgan, naviga qarab oq, qizg'ish-binafsha yoki zangori-binafsha rangli bo'ladi. Kartoshka naviga qarab gullash bosqichi tezligi bir xilda bo'lmaydi. Ba’zi navlari g'unchasini tashlaydi va gullamaydi, boshqalari esa gullaydi, ammo changchining jinssiz bo'lganligidan meva (urug') hosil qilmaydi. Faqat ayrim navlargina urug' hosil qilish xususiyatiga ega bo'ladi.
Gulto'plami- supurgisimon, poya va yon shoxlaming uchida joylashadi. Gulto'plamning asosiy o'qi poya davomi bo'lib, undan yon shoxlar paydo bo'ladi va uning uchida boshoqchalar, ya’ni gullar, don joylashgan bo'ladi. Jo'xorining supurgisimon turlarida tarqoq, donli navlarida egilgan, zich, qandli navlarida esa yarim tarqoq shaklga ega bo'ladi. Mevasi-ikki uyali ko'p urug'li, sariq-yashil rangli rezavordir. Urug'i mayda, yassi, sariq-pushti rangda bo'lib, mutloq og'irligi 0,5g gacha bo'ladi. Tuganagi yerosti poya (oq ildiz - stalon)ning yo'g'onlashgan uchidir. Stolonning tuganakka birikkan qismiga kindik deyiladi. Boshqa har qanday novda singari tuganaklar ham ustki tomonidan o'sadi. Tuganakning ustki qismida spiral shaklida joylashgan ko'zchalar bor. Ko'zchalar tuganakning yuqori qismida ko'p va pastki kindikli yarmida esa kam bo'ladi. Ko'zchada qoshcha barg o'rni bo'ladi, ko'zchaning o'zida 3-4 ta kurtak bo'lib, ular o'sib novda chiqaradi. Ko'zchalarda kurtaklarning hammasi ko'karmaydi. Odatda, faqat o'rtasidagi, o'rtadagi kurtakning nishi zararlanganda esa uning yonidagilaridan biri ko'karadi. Bordi-yu ikkinchi nish zararlansa, uchinchiTuganak sirtidagi hamma ko'zchalar olib tashlanganda, uning ichki to'qim alaridan qo'shimcha kurtaklar hosil bo'lishi mumkin. Tuganaklarning eti oq, sariq, qizil va zangori bo'ladi. Po'sti sariq, pushti, qizil, och zangori yoki ko'k rangda bo'ladi. Tuganaklarni po'sti-kartoshka naviga bog'liq bo'lib, u silliq, g'adir- budir yoki to'rsimon bo'lishi mumkin. Tuganak nafas olishi uchun uning yasmiqchalar deb ataluvshi ko'plab teshiklari bo'ladi.
Ildizmevali ekinlarga: qand lavlagi, xashaki lavlagi va osh lavlagi, sabzi va turneps kiradi. Bu o‘simliklar tarkibida yengil hazm bo‘ladigan oqsil, uglevodlar va vitaminlar bor. Ildizmevalilar qand ishlab chiqarish sanoatida va chorva mollari uchun ozuqa sifatida katta ahamiyatga ega. Ildizmevalilarni barglari ham chorva mollari uchun muhim ahamiyatga ega, ularning barglari to‘yimli bo‘lib, bargida vitaminlar (vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida eng muhim texnik ekinlardan hisoblanadi. Xashaki lavlagi-chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi. Qand lavlagi shakar olinadigan muhim ekin bo‘lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% shakar bo‘ladi. Ildizmeva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va 0,1% moy va 1,2% oqsil bo‘ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy hosilni 35-50% ini tashkil qiladi. Gektariga 100-150 s ko‘k ozuqa bargi (26-27 s ta quruq modda) hosil qiladi.
Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron hisoblanadi. Uning yovvoyi formalari hozirgi vaqtda ham O‘rta yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida, Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand lavlagi Polsha, Germaniya, Fransiya, Angliya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsariya, Amerika, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistonda ekiladi. O‘zbekistonda qand lavlagiga e’tibor berilyapti. 1998-yilda Xorazmda Turkiya bilan birgalikda shakar ishlab chiqadigan qo‘shma zavod ishga tushirildi. 1999-yil Xorazm viloyatida 12 mingga, Qoraqalpog‘istonda 7 ming  ga yerga qand lavlagi ekish rejalashtirilgan. Hosildorligi 200-250 sga, lekin ilg‘or xo‘jaliklarda 500-700 sga hosil olish mumkin. Hozirgi vaqtda lavlagining 50 dan ortiq navlari tarqalgan, chet eldan keltirib respublikamizda ekishga tavsiya qilingan quyidagi navlari: Astro, Gina, Klavdiya, Kresus, Lena, Mariya, Romeo, Sermo, Sonya, Flora, Serioz.
Qand lavlagi - Beta vulgaris L., V. Saccharifera- Beta L avlodiga, Sho‘radoshlar oilasiga (Chenopodiaceae) kiradi. Ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili to‘p barg chiqaradi va yo‘g‘on ildiz rivojlanadi. Barg bandi asosida kurtak hosil bo‘ladi, ikkinchi yili bu kurtakdan barg va gulpoya o‘sib chiqadi.
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi. Bu ildizchalar ildiz mevaning ikki tomoniga joylashgan bo‘lib, 2-2,5 m chuqurlikka va 40-50 sm atrofga tarqaladi. Qand lavlagining asosiy ildizi (ildizmevasi) konussimon bo‘lib, ikki yoniga tomon bir oz siqilgan. Ildizmevasi ko‘ndalangiga kesib ko‘rilsa, 10-12 konsentrik halqa aniq ko‘rinadi. Bu halqalar tomir-tolali tutamlar va parenxima to‘qimalarining navbatlanishidan iborat bo‘lib, ularda shakar to‘planadi.
Lavlagi barglari yuraksimon bo‘lib, bandli, chetlari to‘lqinsimon va sathi silliq yoki qat-qat bo‘ladi. Guli beshtalik tipda, yashil rangda bo‘ladi. Urug‘chisi beshta, to‘pguli siyrak boshoq hosil qiladi. Qand lavlagi faqat chetdan changlanadi. Gul changi birinchidan ikkinchisiga shamol va hashoratlar yordamida o‘tadi. Gullash muddati 20 dan 40 kungacha o‘zgarib turadi. Mevasi-yong‘oqcha, yetilganda to‘p-to‘p gullari 2-6 donadan to‘pmeva hosil qilib qo‘shilib ketadi. Har qaysi meva qopqog‘i ostida yaltiroq qo‘ng‘ir qobiqli urug‘ joylashgan bo‘ladi.Hosilni yig‘ib-terib olish paytida qand lavlagi tarkibida o‘rtacha 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi, buning 17,5% ini saxaroza va 7,5% ini shakarsiz moddalar tashkil qiladi.
Qand lavlagi o‘sish, rivojlanish sharoitiga juda talabchan o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-5 0 S da unib chiqadi, maysalari 6-7 0 S da paydo bo‘ladi, lekin 12-15 0 S da qiyg‘os unib chiqadi. Lavlagi 20-22 0 S haroratda yaxshi o‘sadi. Qand lavlagi uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Agar yorug‘lik yetishmasa, uning hosildorligi va shakarning miqdori pasayib ketadi. Qand lavlagining vegetatsiya davri hayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun davom etadi. Urug‘ unib chiqish uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft chinbarg chiqadi. Birinchi yili 30-60 tagacha barg chiqaradi. Birinchi juft barglar paydo bo‘lganda asosiy ildiz yo‘g‘onlasha boshlaydi. Qand lavlagi hayotining birinchi yili o‘sishini 50-55 kundan 3 bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. assimilatsiya qiladigan sath va ildiz sistemasining shakllanishi.

  2. ildiz va barglarning asosiy o‘sishi.

  3. shakarning jadal to‘planishi.

Qand lavlagi uchun tuproq eritmasi neytral reaksiyali va mexanikaviy tarkibi qumoq to‘plamli, organik moddalarga boy qoratuproq eng yaxshi hisoblanadi. Kam unum qumoq va og‘ir soz tuproqli yerlarda lavlagi yaxshi o‘smaydi. Almashlab ekishda qand lavlagi uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin toza shudgorga ekilgan kuzgi ekinlar yoki o‘g‘itlangan band shudgor hisoblanadi. Nam yetarli bo‘lgan rayonlar uchun quyidagi almashlab ekish sxemasi tavsiya etiladi:

  1. ko‘p yillik o‘tlar-kuzgi ekinlar-qand lavlagi.

  2. ko‘kat oziq va pichan uchun bir yillik o‘tlar-kuzgi ekin-qand lavlagi.

  3. ko‘k no‘xat-kuzgi ekinlar-qand lavlagi.

Nam bilan yetarlicha ta’minlanmaydigan rayonlarda aytilgan variantlardan tashqari, toza shudgor-kuzgi ekinlar-qand lavlagi almashlab ekish sxemasi qo‘llaniladi. Sug‘oriladigan zonalarda ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga birinchi yili ekilgan kuzgi va bahorgi bug‘doy qand lavlagi uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Kuzgi bug‘doy va makkajo‘xori o‘rniga ekish ham yaxshi samara beradi. Almashlab ekishni to‘g‘ri joriy etish qand lavlagi hosildorligini gektariga 60-80 s ga oshiradi.
O‘zbekiston sharoitida yer haydashdan oldin gektariga 20-40 t chirigan go‘ng, 90 kg fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Azotli o‘g‘itlar me’yori 200-250 kgga bo‘lganda yaxshi natija beradi. Azotli o‘g‘itlar bo‘linib solinadi: ekish bilan bir vaqtda 20 kg, o‘suv davrida birinchi va ikkinchi suvdan oldin 90 kg dan beriladi. Qand lavlagi keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm bo‘ladi, o‘simliklar orasi 12-20 sm atrofida bo‘ladi. Ko‘p urug‘li navlardan gektariga 20-25 kg, bir urug‘liklarda 12-15 kg atrofida ekiladi, ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘ladi. Ekish muddati-mart oyi. Ekish muddati kechiktirilsa hosil kamayadi va tarkibidagi shakarning miqdori ham kamayadi. Urug‘ SPCH-6 m, sabzavot va g‘o‘za seyalkalarida ekiladi. Lavlagi ildizidan yuqori hosil olish yagonalashga bog‘liq. Lavlagi o‘suv davrida suvni ko‘p sarf qiladi. Bir sentner ildiz va barg hosil qilish uchun 120-135 s suv sarf bo‘ladi. O‘suv davrida tuproq namligini 70% atrofida saqlab turish kerak. O‘suv davrida lavlagi 6-12 martagacha sug‘oriladi, suv sharoitga qarab belgilanadi, har sug‘orishda gektariga 600-800 kub metr hisobida sariflanadi. Har sug‘orishdan keyin qator oralariga ishlov beriladi. Qator orasiga ishlov berish soni tuproq xolatiga, begona o‘tlar bilan zararlanishiga bog‘liq.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin