Signal belgilari bo’yicha ushbu liniyaning genotipi qo’yidagicha:
inl inlOl OlSSrprpstrvstrv
CHigit tuklanisha bo’yicha: iiFt1 Ft1 Ft2 Ft2fcfc
L-102 liniyasi. Bu liniya F3 L-15 x L-500 avlodida o’z-o’zini changlash va tanlash yo’li bilan olingan.
CHigiti tuksiz, lekin tolali. Oq tolali. Tupi- tarvaqaylagan, yashil. Simpodial shoxlari cheklangan II va III tipdagi. Monopodiya shoxlari 1-2, hs 6-7. Poyasi – tik o’sadigan, yashil, quyosh tarafidan salgina antotsianli rangda. Kam tuklangan. Barglanishi o’rtacha. Bosh poyasining balandligi 100-110 sm.
Barglari – panjasimon, yashil, kam tukli, o’rtacha kattalikda. Bargining bosh pallasining shakli gumbazsimon.
Guli –och sariq,o’rtacha,antotsian dog’siz. Ko’sagi - tuxumsimon 4-5 tavaqali, o’rtacha kattalikda, yashil, tumshuqchali, usti mayda o’yilgan.
Dostları ilə paylaş: |