Signal belgilari bo’yicha genotipi: ssinlinlol ol strvstrvbr Fr br Fr
Urug’ tuklanishi bo’yicha: ft1 ft1ft2 ft2ft3 ft3 fcfc Li1 Li1Li2 Li2
L- 304 liniyasi. Bu liniya F3 L-70 x L-500 avlodida o’z-o’zini changlash va tanlash yo’li bilan olingan. Urug’ tuklari mikropilyar m-Ms tipda va qalin oq tolali.
Tupi- konussimon shoh otib ketadigan, barglari bilan qoplanishi o’rtacha, simpodial shoxlari cheklanmagan II va III tipdagi.
Poyasi – tik o’sadigan, yashil, salgina antotsian dog’li tukli. Bosh poyasining balandligi 75-80 sm.
Barglari – panjasimon, yashil, kam tukli, o’rtacha kattalikda.
Guli –och sariq, gulbarglari 5ta. Ko’sagi - tuxumsimon 4-5 tavaqali, yashil, sal o’tkir tumshuqchali, usti silliq.
Dostları ilə paylaş: |