Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Translokatsiyadan foydalangan holda sitologik xarita tuzish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə78/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Генетика амалий машғулот

Translokatsiyadan foydalangan holda sitologik xarita tuzish.

Translokatsiya deb nogomologik xromosomalarning oʼzaro ayrim qismlari bilan almashinish jarayoniga aytiladi. Har bir translokatsiya sodir boʼlgan nogomologik xromosomalardan ajralib chiqqan boʼlaklarining va qolgan boʼlaklarining uzunligi aniqlanadi. Buning uchun genetik metod - krossingover chastotasini aniqlash metodini qoʼllash mumkin, yoki sitologik yoʼl bilan nogomologik xromosomalarning oʼzaro almashgan qismini bevosita oʼlchash yoʼli bilan aniqlanishi mumkin. Bu jarayon genetik xaritasi tuzilgan xromosomalarda olib boriladi. Shuning uchun nishonli genlar holatiga qarab xromosomadagi genlar orasidagi masofa aniqlanadi. Ushbu metodni qoʼllab F. Dobjanskiy birinchi boʼlib drozofilada xromosomalar sitologik xaritasini yaratdi va uni xromoso- malarning genetik xaritasi bilan solishtirishga erishdi.

Xromosomalarning sitologik xaritalari genetik metod yordami bilan aniqlangan genlarning xromosomada joylanish ketma-ketligining toʼgʼriligini tasdiqladi. Genetik va sitologik xaritalar oʼrtasidagi mos kelmaslik genlar orasidagi masofaning katta - kichikligidagina kuzati- ladi, xromosomaning ayrim qismlarida esa bu masofa sitologik xaritalarda kichik, boshqalarda kattaroq boʼlgan. Bu xromosomaning har xil qismlarida sodir boʼladigan chalkashishlarning bir xilda boʼlmasligi bilan izohlanadi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin