1-masala. Drozofila pashshasida to’rtta birikkan guruh mavjud. SHulardan II xromosomasida joylashgan genlar guruhini olsak, ular quyidagi belgilarni yuzaga chiqarishga javobgardir.
ap Vizillagichining rivojlanishiga;
al mo’ylovlarida tuklarning rivojlanishiga;
d oyoqlaridagi bo’g’imlarining soniga;
dp ko’krak yuzasining relefiga;
pys qanotida qo’shimcha tomirlarning rivojlanishiga;
sm qorin qismida tuklarning rivojlanishiga;
sp ko’krak qismining yon tomonidagi tuklarning soniga;
Quyida drozofila pashshasining II xromosomasida joylashgan genlar orasida sodir bo’ladigan krossingoverning % berilgan.
dp - 9% - cg; dp -13% - al;
dp – 18% - d; sp – 4% -al;
sp – 9% - d; sp - 30% - pys;
pys – 21% - d; pys – 3,4% - ap;
pys – 9,5% - sm; ap – 24,4% -d
Ushbu ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalangan holda xromosoma xaritasini tuzib chiqing, genlarning joylashgan lokusini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |