Masalaning yechilishi:
Masala shartiga ko’ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyatsiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko’ra, a allelning chastotasi (q) to’iladi: a = q= √q2 =√0,01=0,1 yoki q =0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p=1–q=1–0,1=0,9 yoki p=0,9 bo’ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo’ladi, ya’ni AA=p2 =0,92 =0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha to’amiz:
Aa=2pq=q2(0,9 x 0,1) = 0,18
SHunday qilib, o’rganilayotgan populyatsiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil to’gan.
2-masala*. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%;
b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%;
v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%.
Dostları ilə paylaş: |