Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə32/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
Генетика амалий машғулот

Amaliy mashg’ulot № 6

Mavzu: Poliduragay chatishtirishga doir masalalar yechish va ularni tahlil qilish (2 soat)

Ishdan maqsad: Poliduragay chatishtirish bo’yicha masala yechishni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.

Poliduragaylarda belgilarning nasldan naslga o’tishi bo’yicha mashqlar bajarish va masala yechish uchun studentlar fenotipik radikal, diduragay, poliduragay, fenotipik sinflarni; Mendelning belgilarning bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga o’tishiga doir uchinchi qonuni uning tsitologik asoslari mazmuni ni; diduragay va poliduragay, genotip fenotipni va Pennet kataklariga joylash printsipini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.

Masalani yechishda tubandagi izchillikka rioya qilish tavsiya etiladi; masala shartini, ya’ni qaysi belgi dominant, qaysi belgi retsessiv ekanligini bilish; qay belgi qanday gen bilan ifodalanishini bilish; chatishtirishda ishtirok etayotgan ota-onaning fenotipi va ganotipini, chatishtirish belgisini yozish; F2 duragaylar fenotipi va genotipini Pennet kataklariga joylash; duragaylar fenotipi va genotipi bo’yicha ajralishini aniqlash.

1-masala*. Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?

1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl

Masalaning yechilishi:

1) CCDDKK = CDK (gomozigotali bo’lgani uchun faqat bir tipdagi gametalarni hosil qiladi).

2) CCDdkk = CDk, Cdk (monogeterozigotali bo’lgani uchun ikki tipdagi gametalarni hosil qiladi).

3) CcDdKK = CDK, CdK, cDK, cdK ( digeterozigotali bo’lgani uchun to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi).

4) CcDdKk = CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk ( trigeterozigotali bo’lgani uchun sakkiz tipdagi gametalarni hosil qiladi).

5) CcDdKkLl = tetrageterozigotali bo’lgani uchun o’n olti tipdagi gametalarni hosil qiladi. Gameta hosil bo’lishining uch xil yo’lini ko’rib o’tamiz:

a) CcDdKkLl = CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.

b) CDKL CdKL cDKL cdKL

CDKl CdKl cDKl cdKl

CDkL CdkL cDkL cdkL

CDkl Cdkl cDkl cdkl



v) C c



D d D d




K k K k K k K k

L l L l L l L l L l L l L l L l




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin