Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Odam va uning salomatligi o’quv fanini o’sitishda masala va mashqlardan



Yüklə 394,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.12.2022
ölçüsü394,11 Kb.
#77657
1   2   3   4   5   6   7
\'Ochiq dars-11.10.2019 (1)

4.Odam va uning salomatligi o’quv fanini o’sitishda masala va mashqlardan 
foydalanishdagi fanlararo bog‘lanishlar 
O„quvchilarga ta‟lim berish jarayonida fanlararo bog„lanish asosiy o„rinda 
turadi. Chunki har bir hodisani ilmiy jihatdan asoslash unga ko„p tomonlama 
yondashishni talab etadi. Biologik jarayonlarni borishini o„rganish davomida ham 
kimyoviy, fizikaviy, matematikaga oid bilimlardan foydalanish zarur. 
- masala va mashqlarni yechishda suyaklarning kimyoviy tarkibini, tuzlarning 
xossalarini o„rganishda kimyodan olgan bilimlardan foydalaniladi; 
- bo„g„imlarda suyaklarning harakatlanish mexanizmi, mexanik ish bajarish va 
ishqalanish kuchiga oid fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi
- o„pkalar va to„qimalarda gazlar almashinuvi, qonning transport funksiyasi
oksidlanish haqidagi bilimlar kimyo bilan bog„lab o„rganiladi; 
- gazlar va suyuqliklardagi diffuziya, atmosfera bosimi haqidagi bilimlar fizikadan 
olgan bilimlarga asoslanadi; 
- nafas olish va chiqarish mexanizmini, qon bosimini tushuntirishda suyuqliklar bilan 
gazlardagi 
bosimlar 
farqiga 
qarab 
harakatlanish 
qonuniyatlari 
haqidagi 
ma‟lumotlarini o„rganishda fizikaga oid bilimlardan foydalaniladi; 
- fermentlar, katalizatorlar, muhitning kislotali, ishqoriy va neytral reksiyalari 
kimyodan olingan bilimlarga tayanib o„rganiladi; 


- plastik va energetik almashinuvni o„rganishda o„quvchilarning jonli va jonsiz 
tabiatdagi hayot birligi haqidagi xulosaga olib kelish uchun energiyaning saqlanish va 
bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni oid masalalar yechishda kimyoviy 
bilimlardan foydalaniladi; 
- issiqlikning boshqarilishi to„g„risidagi tushunchani shakllantirishda fizikadagi bug„ 
hosil bo„lishidagi solishtirma issiqlik bo„yicha olingan bilimlarga asoslanadi; 
- ko„rish organi–ko„zning funksiyalari optikaga oid bilimlar asosida 
tushuntiriladi

Yüklə 394,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin