1-mustaqil ta‘lim
Mavzu:Biologiyani o’qitishda o‘quvchilarda ekologik,mehnat va vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish.
REJA: 1.Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish
2.Biologiyani o’qitishda o‘quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirish.
3.Biologiyani o‘qitiahda o‘quvchilarda vatanaparvarlik tarbiyasini shakllantirish.
O'zbekiston Respubltkasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy, ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Tabiat to‘g'risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma'suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirshida katta imkoniyatlarga ega.
Mazkur tizim o'zida o'quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyogarash va tafakkurni shakllantirish, o'quvchilarni ma'naviy axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy,jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi.
Ekologik tarbiya. «Hozir XX1 asr bo'sag'asida, fan texnika taraqiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo'grofiy siyosiy tuzilishi o'zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta'strini uyg 'unlashtirish, inson va tabiatning munosabatlarida muvozanatga. erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib qolmoqda» Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda o'quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibliy qismi sanalib,shaxsning ma'naviy hayoti va kundalik hayotida hatti harakat shaklida namoyon bo 'ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko' rsatish kabi sifatlarni o'z ichiga oladi.Ushbu madaniyat albatta o'quvchilaming ekologik ta'lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi.Ekologik ta 'lim tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarda tabiatga nisbatan burch va ma' suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob ahloq me'yorlariga mos xulq atvorni shakllantirish sanaladi.
O'quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
1. O'quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, Jamiyat va tabiatning o'zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o'zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bo'ladigan ekologik bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga erishish.
2. Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma‘nodagi ahamiyatini tushunish,tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish.
3. Tabily boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish,atrof muhitning tozaligini asrash, ko'kalamzorlashtirish va tabily boyliklari ko‘paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, i]timoly foydali mehnatda faol ishtirok etish manfatlarini shakllantirsh.