Biologiyani o’qitishda o‘quvchilarda ekologik,mehnat va vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish



Yüklə 15,47 Kb.
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü15,47 Kb.
#112011
1   2
1-mustaqil ta‘lim Bom

Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi muhim rol o'ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta 'lim tizimi oldiga qo'yilgan muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, o'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yo'llash, ularda mehnat (va o'quv mehnati ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatilgan. Mehnat tarbiyasi o'qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog'liqligi prinsipini amalga oshirish,o'quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o'quvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.
Biologiyani o'qitishda o 'quychilarni kasbga yo‘llash, mehnat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradigan bilim va ko' nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Qishloq xo'jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati faoliyatining ilmiy nazariy asoslari;
2.Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o'simliklar va hayvonlaring mahsuldorligini oshirishni ta'minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish:
3.Biologik qonuniyatlar va umumiy ko'nikmalardan amaliy faoliyat va turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish. O'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xo 'jaligi mehnati ko 'nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov berish, o'g'itlash, o'simliklari sug'orish, urug'ni ekishga tayyorlash, ekish, o'simliklarni parvarish qilish, hosilni yig'ish va saqlash,shuningdek, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin.
Vatanparvarlik tarbivasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimi orgali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi nazarda tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o'quv bilish, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida ko'zga tashlanadi. Maktab biologiya o'quv fanlari o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi quyidagilarga bog'liq:
1. O' quvchllarning xissiyotiga ta'‘sir ko'rsatadigan o 'quv materiallarini tanlash;
2.Tanlangan o'guv materialining o'rganilayotgan o'quv materialinbilan uzviyligini ta'minlash orqali mayishiy g'ururni shakllantirish;
3.O'gituvchi tomonidan o'quv materiallarini ehtirosli bayon etish;
4.O‘quvchilarning o'quv bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali metod va vositalardan foydalanish;
5.O'quvchilarni O'rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog'liq holda kasb tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa qo'shishga safarbar etish;
6. Sharq ma'naviyati durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish Vatanparvarlik tarbiyasi o'qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg'ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar, san 'at asarlari, ma'naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipova. J, A.T. G'ofurov. Biologiya o 'qitish metodikasi. Toshkent. Bilim. 2004.
2. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o 'gitishning umumiy metodikasi. Tosh. O'qit. 1983.
3. J.G'. Yo 'Idoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O'qit. 2004.
4. Tolipova J, G'ofurov, Biologiya ta 'limi texnologiyalari.
5. N.N.Azizxo 'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh.2006.
Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin