Biomexanikaning rivojlanishini qisqacha tarixi va zamonaviy holati Biomexanika (yunonchadan “bio” - hayot va «mexanika» - qurol) ikkita fan - biologiya va mexanika fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan. Odam va hayvonlaming mexanik harakatlarini bevosita o‘rganishdan tashqari, ushbu fan yurakning funksiya qilishini, qonni kapilyarlardagi harakatlarini, jarohatlar mexanizmlarini, to‘qimalaming, suyaklarning mustahkamligini va hokazolami o‘rganadi. Shu tarzda, biomexanikaning predmeti umuman fan sifatida - bu, tirik tizimlardagi mexanik hodisalami o‘rganish hisoblanadi. Mazkur o‘quv fanining predmeti - o‘zidan-o‘zi tashkillanadigan organizmlaming va awalam bor, odamning mexanik harakatlari hisoblanadi. 0 ‘zidan-o‘zi tashkillanadigan tizimlar deganda, o‘zining tashkillanganligini yaxshilash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ya’ni tizimlami umuman olganda funksiya qilishini belgilaydigan katta miqdordagi strukturaviy elementlar o‘rtasidagi aloqalar majmui tushuniladi. Tirik tizimlardagi biologik va mexanik hodisalami ko'rib chiqamiz. Odamning harakatlari yerdagi har qanday moddiy jismning harakatini belgilaydigan barcha qonun va qonuniyatlarga bo‘ysinadi - bu, yeming tortish kuchi, Nyutonning qonunlari, gidroaeromexanika qonunlari, tebranish va to'lqinlanish hodisalari va hokazolar. Odamning harakatlari, qoidaga ko‘ra, juda murakkab, chunki uning harakat apparati 200 dan ortiq suyaklar va bir necha yuz paylardan tarkib topgan mexanik tizimdan iborat. Bo‘g‘imlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan (erkinlik darajalari, deb ataladigan) harakatlaming umumiy soni 250 tadan ortiq, harakatlami ta’minlaydigan mushaklarning soni 600 dan ortiq. Buning barchasi, odamni atrof-muhitda sof holdagi mexanik harakatlanishi uchun zarur. Mushaklarning ishi - bu, biologik jaray on bo‘lib, unda mushak tolalari gavda bo‘g‘inlarini harakatlantirishi bo‘yicha mexanik ishni bajarishi uchun faollashtirilishi kerak. Ishni amalga oshirish uchun energiya sarf qilinishi zarur. Odam organizmidagi energiya - bu, biokimyoviy reaksiyalaming natijasi hisoblanadi. Mexanik nuqtai nazardan, odam, kelib chiqishi biologik bo‘lgan energiyaning ichki manbaiga ega bo‘lgan tizim hisoblanadi. Mushaklar zaruriy ketmaketlikda va ma’lum bir kuchanishlar bilan qisqarishlari va natijada harakatning talab qilinadigan samarasini yaratishi uchun ulami boshqarish kerak, buni bosh miya va asab tizimi amalga oshiradi, ulaming funksiya qilishi biologik tabiatga ega. Bosh miya asabli buyruqlami shakllantirish va ijro qilishgabevosita ta’sir ko‘rsatuvchi motivatsiya, anglash, dasturlashtirish kabi yuksak psixik funksiyalami bajaradi. Bu, miyaga markaziy asab tizimining (MAT ning) biologik boshqaruv mexanizmlarini ishga solish imkonini beradi. Odam faoliyatidagi psixik, biologik va mexanik funksiyalami rus olimi I.M.Sechenov (1829-1905-y.y.) obrazli belgilagan. Uning yozishicha, biz, masalan tiriklik, jo ‘shqinlik, istehzo, g‘amginlik, quvonch va boshqa so‘zlar bilan ifodalaydigan miya faoliyatining namoyon qilinishlarini barcha sifatlari, barcha uchun ma’lum bo‘lgan sof holdagi mexanik aktning - biron-bir mushak guruhining ko‘proq yoki kamroq darajadagi qisqarishi sifatidagi mazmuni hisoblanadi. Musiqachida ham haykaltaroshda ham asami yaratadigan qo‘li faqatgina sof holdagi mexanik harakatni bajarishga qobiliyatlidir, ulami matematik tahlil qilish va formula bilan ifodalash mumkin. Odam psixikasi hayvonlaming yuksak asab faoliyatidan sifat darajasi bilan farq qiladi, bu, harakat amallarida ham namoyon bo‘ladi. Faqatgina inson, harakatning maqsadini ongli ravishda qo‘yishi mumkin, uni anglashi, nazorat qilishi va o‘tkirlashi, atrof-muhitni takomillashtirishi va o‘zini harakat amallarining mexanik sifatini oshirish uchun mexanik mo.si am a! ami yaratishi mumkin. Yuksak simvolli harakatlar: nafaqat nutq, balki rasm chizish, musiqa asboblarida kuy chalish, raqsga tushish, pantomima va boshqalar faqatgina insonga xos. Odam harakatlarining aksariyat ko‘pchiligi ma’lum bir maqsad bilan bajariladi va ixtiyoriy harakatlar qatoriga kiradi - bunday harakatlar harakat amallari, ya’ni ma’lum bir maqsadga erishishga yo‘naltirilgan elementar harakatlar majmui tarkibiga kiradi. Har bir harakatda orientirlanadigan, ijrochi va nazorat qismlari mavjud. Ijrochi qismi - bu, mexanik harakat bo‘lib, uni biomexanika o‘rganadi. Lekin u, har doim miyaning nafaqat harakatni bevosita boshqarishi, balki ichki biologik qaytar aloqa tizimlari bo‘yicha harakat amallarining orientirlovchi va nazorat qismlarini ham ta’minlaydigan psixik va fiziologik faoliyati bilan belgilanadi. 6 Sport biomexanikasi odamning harakat amallarini sport mashqlarini bajarishi paytida o'rganadi. Sport biomexanikasida o‘z harakat qobiliyatlarini maxsus trenirovka qiladigan va odamni chegaraviy imkoniyatlarini biologik tur sifatida amalga oshirishi uchun tayyorgarlik ko‘rgan insonlar bajaradigan, strukturasi bo‘yicha ayniqsa murakkab bo'Igan harakatlar o‘rganilganligi tufayli, uni biomexanikaning alohida bo'limi sifatida ajratishadi, Sport biomexanikasi odam harakatlarini jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi jarayonida o'rganadi. Bu, sport natijalarini toki konkret sportchi yoki ma’lum bir sport turi uchun rekord bo‘lgan darajagacha oshirish uchun; harakatlami bajarishni takomillashtirish paytida yordamchi yoki to‘siq bo‘luvchi omillami aniqlash, jihozlar, trenajyorlar, sport snaryadlari va asboblarining yangi turlarini ishlab chiqish; jarohatlaming oldini olish uchun zarur. Sport biomexamkasinitig asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1. Sport texnikasini takomillashtirish, uning ancha ratsional variantlarini modellashtirish va konstruksiya qilish; 2. Xatolami bartaraf qilish va sport-texnik mahorati darajasini oshirish maqsadida alohida sportchilaming texnikasini biomexanik nazorat qilish; 3. Harakat amallarini takomillashtirishning biomexanik qonuniyatlarini aniqlash; 4. Sport mahorati va sportdagi natijalaming ortishi bilan tayyorgarlikning har xil sikllaridagi bosqichli va yakuniy ko‘rsatkichlami baholash uchun sport mashqlarini bajarish texnikasi parametrlarini o‘zgarishi an’anasini bashorat qilish; 5. Sport uchun biomexanik jihatidan maqsadga muvofiq bolgan trenajyorlami ishlab chiqish; 6. Sport jihozlarini takomillashtirish. Sportning ko‘pchilik turlari asosida (shaxmat, shashka, aviamodelli sport va hokazolardan tashqari) - odam harakatlarining ma’lum bir turlarini musobaqalashuvi yotadi. Aynan sport biomexanikasi, ushbu harakatlami o‘rganadi. Biomexanika bo‘yicha bilimlar sport bilan bog‘liq bo‘lgan turli kasb egalariga (sport jihozlari muhandis-konstruktorlariga, sport vrachlariga va b.) zarur, lekin, birinchi galda, trener-pedagoglarga zarur, chunki biomexanika peda- gogik yo‘nalishga ega. Sportda va jismoniy tarbiyada harakatlarga o‘rgatishadi va odamning harakat imkoniyatlarini takomillashtirishadi. Demak, sport biomexanikasi - sport trenirovkasi va jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotining tarkibiy va belgilovchi qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, biomexanikaning umumiy an’anasi - har xil fanlaming usullari yordamida odamning harakat amallarini majmuaviy o‘rganish hisoblanadi. Shunday qilib, sport biomexanikasini fiziologiya, psixologiya, biokimyo, tibbiyot bilan birlashtirish orqali organizmning ichki muhiti o‘zgarishlarini barqaror mexanizmlarini va sportchining asabli-mushak apparati ishini harakat amallari strukturasida tashqi namoyon bo‘lishlarini aniqlash mumkin. Sportchi tayyorgarligining barcha turlari, uning funksional holati musobaqalar jarayonida mashqlami bajarish texnikasida namoyon bo‘ladi. 1.2. Biomexanikaning rivojlanishini qisqacha tarixi va zamonaviy holati Qadimgi dunyodan boshlab inson harakatlari o‘rganila boshlangan. Qadimgi yunon faylasufi Platon (eramizdan awalgi 428-348 yillar), miya fikming jamlanishidan iborat, tafakkur esa, sezuvchanlikning har bir turidan olinadigan rag‘batlanishga asoslanadi, deb hisoblagan. Miya xuddi otning jilovi kabi boshqaradi. Boshqa faylasuf Aristotel (eramizdan awalgi 348-322 yillar) ilk bor mushaklar harakatini bayon qilgan va ulaming geometrik tahlilini keltirgan. Rimlik vrach Klavdiy Galen (eramizdan awalgi taxminan 130-200 yillar) birinchi bo‘lib, mushaklar faolligini bo‘g‘imlardagi harakatlar bilan aloqadaligini sezgan va mushak-sinergistlar va antagonistlar to‘g‘risidagi tushunchani kiritgan, xulq-atvoming tug‘ma va orttirilgan shakllari to‘g‘risidagi qoidalami ilgari surgan.