Biomexanika ilm-fan va o‘quv fani sifatida. Biomexanikaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə3/4
tarix22.10.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#159718
1   2   3   4
Harakat sifati biomexanikasi

3.Mushaklarning ishi
Shu davrda, biomexanikada ma’lum bo‘lgan bilimlami tirik mavjudotlarning harakatlarini o‘rganish paytida qo‘llashning ilk bor urinishlari buyuk olim va musawir Leonardo da Vinchiga (1451- 1519-yy.) mansub. U, mexanika ilmi barcha boshqa fanlarga nisbatan foydali ekanligi, harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha tirik mavjudotlar uning qonunlari bo‘yicha harakatlanishida, deb yozgan. XVII asming ikkinchi yarmiga kelib, mexanika bo‘yicha yetarlicha keng bilimlar to‘plangan: statikaning ko‘pchilik qonunlari ma’lum bo'ldi, G.Galiley (1564-1642-yy.) mexanika sohasidagi o‘zining dongdor tajribalarini amalga oshirgan. Biomexanikaning boshlanishiga asos bo‘lgan birinchi ilmiy kitob italiyalik matematik va vrach D.A.Borelliga (1608-1679-yy.) mansub bo‘lib, u, 1379-yilda nashr qilingan va “Hayvonlaming harakatlari to‘g‘risida” («О движении животных») deb nomlangan. Ushbu kitob, xali Nyuton o‘zining “Natural falsafaning matematik boshlanishi” («Математические начала натуральной философии») (1687) nomli buyuk ishini chop etmasidan oldin nashr qilingan. Nyuton ushbu ishida mexanikaning qonunlarini bayon qilgan va ular keyinchalik uning nomini olgan. D.Borelli asosan odam gavdasining statikasini (muvozanatini) o‘rgangan. U, xususan, odam gavdasining og‘irlik markazini ilk bor aniqlagan. XIX asrda va XX asming boshlarida biomexanikaning rivojlanishiga (awalam bor, tadqiq qilish usullariga) amerikalik olim E.Maybridj, fransiyalik tadqiqotchi E.Marey, nemis biomexaniklari V.Braune va O.Fisher katta hissa qo‘shishgan. K.Vaxxolder (1893— 1961-yy.) bitta bo‘g‘imli harakatlar vaqtida mushak-sinergistlar va antagonistlarda elektromiografiyaning (EMG) uch fazali pattemini kashf qilgan. Rus biomexanikasini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga fiziolog I.M. Sechenov (1829-1905-yy.) o‘zining “Odam ishchi harakatlari ocherki” («Очерк рабочих движений человека») nomli kitobi bilan asos solgan bo‘lib, unda, ilk bor biomexanikaning ayrim masalalarini ko‘rib chiqqan. A.A.Uxtomskiy (1875-1942-yy.) dominanta to‘g‘risidagi ta’limotni ishlab chiqqan. Anatom P.F.Lesgaft (1837-1909-yy.) 1877-yildan boshlab, jismoniy ta’lim bo‘yicha ochgan kurslarida “Gavda harakatlari nazariyasi” («Теория телесных движений») fani bo‘yicha ma’ruzalar qilgan bo‘lib, 1927-yildan boshlab jismoniy tarbiya institutlarida “Flarakatlar nazariyasi” fani yuzaga kelgan va u, bir vaqtlar o‘tgandan keyin “Jismoniy mashqlar biomexanikasi” faniga aylantirilgan. Biomexanikaning rivojlanishiga prinsipial jihatdan muhim ulush qo‘shgan olim N.A.Bemshteyn (1899-1966-yy.) bo‘lib, u, harakatlami o‘rganish natijasida faollik fiziologiyasini - miya tirik mavjudotlaming harakatlarini qanday boshqarishi to‘g‘risidagi nazariyani yaratgan. 9 N.A.Bemshteyn harakatlami tuzishning ko‘p darajali nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, unga binoan har bir harakat vazifasining mazmuni va mohiyati strukturasiga bog‘liq holda, u yoki bu yetakchi darajada amalga oshiriladi. U, kibemetikaga joriy qilingan “qaytar aloqalar” tushunchasini oldindan sezgan sensorli korreksiya tamoyilini ishlab chiqqan. Hozirgi vaqtda, juda ko‘p tadqiqotchilar biomexanikaning muammolari ustida ish olib borishmoqda. Jahonning ko‘pchilik ilmiy va ta’lim muassasalarida nazariy va amaliy xarakterdagi vazifalarning keng spektri bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Biomexanika shartli ravishda bir nechta yo‘nalishlarda rivojlanmoqda: 1. Nazariy biomexanika, harakatlami matematik modellashtirish, harakatlami boshqarish qonuniyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan; 2. Sport biomexanikasi, odamni sportdagi harakat amallarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan; 3. Muhandislik biomexanikasi, boshqariladigan robotlami konstruksiya qilishga ustivor yo‘naltirilgan; 4. Tibbiyot biomexanikasi, jarohatlanishlaming sabablarini, oqibailarini va oldini olish usullarini o‘rganadigan, protezlar qurish muammolari bilan shug‘ullanadigan; 5. Ergonomik biomexanika, odamni atrof-muhit predmetlari bilan o‘zaro harakatlarini o‘rganish, konstruksiyalarini ratsionallashtirish va ulami harakat faoliyati jarayonida inson bilan о‘zaro harakatini optimallashtirish maqsadida sport jihozlari, qurilmalari, trenajyorlar va trenirovka moslamalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan; 6. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, aholini jismoniy tarbiya qilishning, konditsion tayyorgarlik va barcha uchun sportning ommaviy shakllarida harakatlami shakllantirishning barcha jihatlari bilan bog'liq bo‘lgan; 7. Adaptiv jismoniy tarbiya biomexanikasi, nogironlar sportining keng masalalarini yechish, nogironlar yashaydigan muhitni ratsionallashtirish, ulami atrof-muhitga adaptatsiyasi paytida, ulaming harakat imkoniyatlarini oshiradigan moslamalar va harakat rejimlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan. Nomlari qayd qilingan yo‘nalishlar bir-biridan izolyasiya qilinmagan, ular о‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi, ularda odam 10 to‘g‘risidagi fanlaming (fiziologiya, tibbiyot, miologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, mexanika, radioelektronika va b.) usullari va yondashuvlari keng qo‘llaniladi.


Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin