Biotexnalogiya fanidan mustaqil ish



Yüklə 88,6 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü88,6 Kb.
#195810
1   2   3   4   5   6
viruslar

Viruslarning tuzilishi
Hayotda viruslarning xilma-xil turlari uchraydi. Viruslar bir-biridan oʻlchami, shakli va hayot sikli jihatidan farq qiladi. Agar bu siz uchun qiziq boʻlsa, sizga ViralZone veb saytini tavsiya etamiz. Tasodifiy virus nomlariga bossangiz, turli xil oʻlcham va shakldagi viruslarni topasiz!
Viruslar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

  • Kapsid deb ataluvchi oqsil qobiq

  • Kapsid ichida joylashgan DNK yoki RNKdan tashkil topgan genom

  • Gʻilof deb ataluvchi membrana qavati (hamma viruslarda ham uchramaydi)


Viruslarning tuzilishi. Eng tashqi qavat – gʻilof membrana. Gʻilof ichida kapsid, uning ichida esa nuklein kislotali genom joylashgan.

Virus kapsidlari
Kapsid virusning oqsil qobigʻi boʻlib, bir qancha oqsil molekulalaridan tashkil topgan (bitta yirik oqsil molekulasidan emas). Kapsidni hosil qiluvchi oqsillar kapsomer deb ataladi. Kapsid oqsillari virus genomi orqali kodlanadi (sintezlanadi), yaʼni bu oqsillar viruslar boshqaruvi ostida xoʻjayin hujayra tomonidan sintezlanadi. 
[Kapsomer va kapsidlar haqida koʻproq maʼlumotlar]
Kapsidlar turli xil shakllarda boʻladi, lekin koʻpincha quyidagi turlari koʻproq uchraydi:

  1. Ikosaedrik – ikosaedrik kapsidlarning 20 ta tomoni boʻlib, 20 ta tomonli geometrik shakli ikosaedr nomi bilan ataladi.

  2. Tolasimon – tolasimon kapsidlar ingichka, chiziqli va ipga oʻxshash tuzilishi sababli shunday nom olgan. Ular yana tayoqchasimon yoki spiralsimon deb atalishi mumkin.

  3. Bosh-dum – bu turdagi kapsidlarga ikosaedrik va tolasimon kapsidlar oʻrtasidagi gibrid deb qarash mumkin. Ular odatda ikosaedrik bosh va tolasimon dum kabi qismlardan tashkil topgan boʻladi.


Ikosaedrik (deyarli sferik), tolasimon (tayoqchasimon) va bosh-dumli (ikosaedrik bosh tolasimon dumga birikkan) virus kapsidi turlari.


Yüklə 88,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin