Biotexnalogiya fanidan mustaqil ish



Yüklə 88,6 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü88,6 Kb.
#195810
1   2   3   4   5   6
viruslar

Virus gʻiloflari
Baʼzi viruslarda kapsidlar bilan birga uni tashqaridan oʻrab turuvchi, lipiddan tashkil topgan gʻilof deb ataluvchi membrana ham mavjud.Ushbu gʻilofga ega viruslar undagi lipidlarni oʻzi sintez qila olmaydi. Buning oʻrniga ular xoʻjayin hujayradan oʻzlariga kerakli lipidni “qarzga oladi”. Gʻilof tarkibidagi virus orqali kodlanuvchi oqsillar koʻpincha virusning xoʻjayin organizmga yopishishiga yordam beradi.

Gʻilofli ikosaedrik viruslarning tuzilishi
Garchi gʻiloflar keng uchrasa-da (xususan, hayvon viruslarida), ular hamma virusda ham boʻlavermaydi (yaʼni bu hamma viruslarga xos universal xususiyat emas).
Virus genomi
Har bir virusning nuklein kislotadan tashkil topgan genetik materiali (genomi) mavjud. Biz va boshqa biz kabi hujayraviy hayot shakllarida DNK asosiy genetik materialdir. Viruslarda esa nuklein kislotalarning ikki turi – DNK yoki RNKdan bittasi genom vazifasini bajarishi mumkin.Biz koʻpincha DNKni ikki qavatli, RNKni esa bir qavatli deb hisoblaymiz, chunki bizning hujayralarimizda ular shunday tuzilgan. Lekin viruslarda bunday holatning toʻrt xil turi boʻlishi mumkin: qoʻsh zanjirli DNK, qoʻsh zanjirli RNK, bir zanjirli DNK, bir zanjirli RNK. Virus genomi turli xil shakl va oʻlchamlarda boʻlib, ular odatda boshqa tirik organizm genomlaridan koʻra kichikroq boʻladi. DNK va RNKli viruslar tirik organizmlarniki bilan bir xil genetik koddan foydalanadi. Agar bunday boʻlmaganda, ular xoʻjayin hujayra ichida umuman koʻpaya olmagan boʻlardi!
Viruslar bakteriyalardan qanday farq qiladi?
Garchi bakteriya ham, viruslar ham tanamizni zararlasa-da, ular biologik darajasi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bakteriyalar kichik va bir hujayrali boʻlib, jonli organizm hisobalanadi, chunki uning koʻpayishi uchun xoʻjayin hujayra talab etilmaydi. Ushbu farqlar sababli bakteriya va virus orqali kelib chiqqan kasalliklar turlicha davolanadi. Masalan, antibiotiklar faqat bakteriyalarga qarshi samara beradi, viruslarga qarshi emas.

Yüklə 88,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin