Biotexnalogiya fanidan mustaqil ish


Virus bilan zararlanish nima?



Yüklə 88,6 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü88,6 Kb.
#195810
1   2   3   4   5   6
viruslar

Virus bilan zararlanish nima?
Har kunlik hayotimizda virusni yuqtirish deganda gripp yoki suvchechak kabi kasalliklarda yuzaga keladigan yoqimsiz simptomlar toʻplami koʻz oldimizga keladi. Lekin virusni yuqtirib olganimizda tanamizda aslida nima sodir boʻladi?Mikroskopik jihatdan olib qaralganda virusning yuqishi deganda koʻp virus hujayralarimizdan koʻpayish uchun foydalanayotgani tushuniladi. Virusning hayot sikli deganda virus organizmni tanib, uning ichiga kirishi va oʻzidagi DNK yoki RNKdan foydalanib qaytadan shakllanishi va xoʻjayin organizmdan foydalanib koʻproq virus hosil qilishi bosqichlari tushuniladi.Odatdagi viruslarda hayot sikli beshta katta bosqichga boʻlinadi: (lekin ushbu bosqichlar turli xil viruslarda har xil amalga oshishi mumkin):

Virus yuqishi bosqichlari, (RNKli virus uchun tasvirlangan)

  1. Xoʻjayin hujayraga yopishish. Virus hujayra yuzasidagi retseptorga birikadi.

  2. Virusning hujayra ichiga kirishi. Virus hujayra ichiga endositoz orqali kiradi. Sitoplazmada kapsid boʻlinib (parchalanib), RNKli genomni ajratadi.

  3. Replikatsiya va gen ekspressiyasi. RNKli genomdan nusxa olinadi va hujayra ribosomalaridan foydalanib virus oqsillari sintezlanadi. Kapsid oqsillarini oʻz ichiga oluvchi virus oqsillari sintezlanadi.

  4. Yigʻilish. Kapsid oqsillar va RNKli genom birgalikda jamlanib, yangi viruslarni hosil qiladi.

  5. Hujayradan tashqariga chiqish. Hujayra qobigʻining yorilishi orqali yangi viruslar hujayrani tark etadi va boshqa hujayralarni zararlaydi.

  1. Xoʻjayin hujayraga yopishish. Virus xoʻjayin hujayra yuzasidagi retseptor orqali uni taniydi va unga yopishib oladi. 

[Yopishish haqida batafsil]

  1. Xoʻjayin hujayra ichiga kirish. Virusning oʻzi yoki uning genomi hujayra ichiga kiradi. 

[Hujayraga kirish haqida batafsil]

  1. Genomni koʻpaytirish va gen ekspressiyasi. Virus genomidan nusxa olinadi va genlar ekspressiyasi hisobiga virus oqsillari sintezlanadi. 

[Koʻpayish jarayoni haqida batafsil]

  1. Yigʻilish. Yangi viruslar genom va oqsillardan jamlanib hosil qilinadi. 

[Yigʻilish bosqichi haqida batafsil]

  1. Hujayradan tashqariga chiqish. Shakllangan viruslar hujayrani tark etadi va boshqa hujayralarni zararlaydi.



Yüklə 88,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin