II-bosqich (1902-1922 yillar) – xayvon to’qimalarini o’stirish uchun birinchi ozuqa muhiti yaratilganligi bilan nishonlanadi. Bu ozuqa muhitlari tabiiy bo’lib, tarkibida qon plazmasi (qonni suyuq qismi) va kurtak suyuqligi saqlagan. Ajratib olingan o’simlik to’qimalarini o’simlik ekstraktlari saqlagan sun’iy ozuqa muhitida o’stirib ko’rish muvoffaqiyatsiz chiqqan, chunki eksperimentlarda yuksak o’simliklarni o’sish faolligini namoyon qilishga to’g’ri kelmaydigan hujayra va to’qimalaridan foydalanilgan. ¾
III-bosqich (1922 – 1932 yillar). Bu davrda bir-birlari bilan bog’liq bo’lmagan holda Amerikalik olim V.Robins va nemis olimi Kotte qattiq ozuqa muhitida pomidori va makkajo’xori ildizi uchidagi meristemalarni o’stirish mumkin ekanligini namoyish qilganlar. Ammo, ma’lum vaqt o’tgach, o’simlik to’qimalari qo’ng’ir rangga kirib, xalok bo’lganlar. O’simliklarni to’qimalarini o’stirish metodii rivojlanishi – 1932 yildan boshlangan. ¾
IV-bosqich (1932 – 1940 yillar), fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog’liq. U, in vitro sharoitida o’simlik to’qimalarini vaqti- vaqti bilan toza ozuqa muhitiga ko’chirib turish orqali uzoq vaqt o’stirish mumkinligini namoyish qilgan. Bu yangilik, to’qimalar texnologiyasini rivojlanishiga katta xissa qo’shdi va o’stirishga qo’yiladigan o’simliklar soni juda ham kpaydi. ¾
V-bosqich (1940 – 1960 yillar). 1955 yilda yangi sinfga mansub fitogormon – sitokininlarni ixtiro qilinishi, (xususan kinetinni) hujayralarni bo’linishini kuchaytirish imkonini yaratadi. O’sishni kuchaytiruvchi moddalarni miqdori va ularni nisbatiga qarab, eksplant hujayrasini bo’linishini kuchaytirish, kallus to’qimalarni o’sishini muhoxaza qilish, morfogenezni mndusirovat qilish mumkin ekanligi namoyish etildi.SHu davrda kakos yong’og’ini, kashtan, makkajo’xori va boshqa o’simliklar endospermalarini hujayrani o’sishi, morgenez jarayonlari (kallus to’qima va hujayra suspenziyasida)ga ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniqlashgan. ¾