Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan
asrni
ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat,
energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni
tubdan yangi asosda
echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy
ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va
orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab
mamlakatlarida
biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani
boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan,
biotexnologik jarayonlar
juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k
SHuning bilan bir
qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga
qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi.
Aytib o’tilgan ustunliklar, o’simliklarni
va xayvonlarni hujayralari, to’qimalari va organlariga ham
tegishlidir.
Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: