Biotexnologiya asoslari


YAGONA HUJAYRALAR KULTURASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139
Biotexnologiya asoslari

6. YAGONA HUJAYRALAR KULTURASI 
 
Genetik va fiziologik izlanishlar hamda xujayroa seleksiyasi amaliyotida ishlatish uchun 
alohida hujayralar juda katta ahamiyat kasb etadi. Klonni olinishi yagona hujayra avlodini olinishi 
kallusli hujayralarni genetik bir xil emasligini sabablarini aniqlashga yordam beradi, chunki bu 
holatda kuzatishlar geterogen eksplat olingan to’qimalarda emas, balki alohida olingan hujayralarda 
olib boriladi.
Proplastlardan ajratilgan alohida (yagona) gibrid hujayra keyingi bo’linishlarida gibrid 
hujayradan tashkil topgan klon yaratish imkonini beradi. Bu esa izlanuvchilarni ishlarini 
engillashtiradi, chunki ajratilgan proplast kulturalarda gibrid bo’lmagan hujayralardan paydo 
bo’ladigan yangi hujayralarni alohida ajratish kabi mashaqqatli ishdan ozod qiladi. Bundan tashqari 
alohida ajratib olingan hujayralarni protoplastlarini o’rganilganda somatik gibridizasiya jarayonini 
o’zini kuzatish ham yaxshiroq bo’ladi. Alohida (yagona) hujayralar hujayra suspenziyalaridan, 
o’simlik to’qimalaridan, masalan barg mezofillidan uni fermentlar yordamida maserasiya 


qilingandan keyin, alohida ajratib olingan proplastlardan ularda hujayra qobig’i paydo bo’lganidan 
keyin ajratib olinadi. 
Bir xujyrali fraksiya olish uchun ba’zida suspenzion kulturani kolbada 15-30 min tindirib 
qo’yish kifoya bo’ladi. Bunda yirik agregatlar cho’kmaga tushadilar. qoldiq ustki suyuqlikda esa 
faqat bir hujayrali kultura yoki kichik agregatlar bo’ladilar. Agar bu yo’l bilan bir hujayrali fraksiya 
olish imkoniyati bo’lmasa, fyordamida maserasiya qilish, saxaroza gradietida sentrifuga qilish yoki 
har xil elaklardan o’tkazish usullaridan foydalaniladi. 
YAgona hujayralarni o’stirishda biroz qiyinchiliklar seziladi, chunki alohida hujayra kallusli 
to’qima o’sgan sharoitda yaxshi bo’linmaydi. YAgona hujayralarni bo’linishiga majbur qiladigan 
mahsus usullar yaratilgan. 1960 yilda Djonson «enaga» usulini tadbiq qilgan edi. Bu usulda 
«enaga» funksiyasini bir qism kallusli to’qima bajaradi va ualohida hujayrani bo’linishiga majbur 
qiladi va uni alohida hujayradan filtr qog’ozi yordamida ajratib olinadi. Bunday sharoitda («enaga» 
xuzurida) alohida hujayra bo’linib, hujayrani individual koloniyasi – klon hosil qiladi.
Boshqa bir usul juda kam miqdorda boy ozuqa muhitida alohida hujayralarni Kuprak 
likobchasida (uni xajmi 20 mkl) mikrotomchida o’stirishga asoslangan. Bu metod akademik 
YU.YU.Gleyba tomonidan taklif qilingan. Mikrotomchida somatik gibridizasiya jarayonida yagona 
hujayrani olinishi va uni bo’linishini kuzatish juda ham qulay. 
YAgona hujayralarni bo’linishini kuchaytirish uchun «oziqlaydigan qavat»dan foydalanish 
mumkin. («Oziqlanadigan qavat»- yagona hujayra olingan o’simlik turini faol bo’linuvchi hujayra 
suspenziyasi) (3.3-rasm.). 
Hujayrani bo’linishii muhitni kondisirlash ham tezlatadi, buning uchun unga (muhitga) tez 
bo’linadigan hujayra kulturasini ozuqa muhiti qo’shiladi. Kondisiya qiluvchi faktor hujayra 
suspenziyasini o’sishni eksponensial fazasida bakterial filtrdan o’tkazish davrida paydo bo’ladi 
(olinadi). Mohiyati bo’yicha yuqorida zikr etilgan barcha usullar ham bo’linadigan hujayralardan 
chiqadigan kondisiya qiluvchi faktordan foydalanishga asoslangan. 
Hozircha bu faktorni ta’sir mexanizmi va uni kimyoviy tabiati aniq emas. Ammo, bu faktor 
issiqqa chidamli, suvda eruvchan, past molekulali modda hamda fitogormonlar bilan almashib 
bo’lmasligini aytish mumkin. SHuningdek, bu modda taxminan 700 Dalton molekulyar og’irligiga 
ega bo’lgan rN 4-11 da mo’tadil modda ekanligi ham aniqlangan. SHunday qilib, bu modda toza 
kimyoviy modda bo’lmasdan, hujayradan ajraladigan faktorlar yig’indisi bo’lsa ham ajab emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin