1-dastlabki
eksplant tanlash; 2–steril kultura olish; 3-birlamchi eksplantda, to’g’ridan – to’g’ri adventiv
kurtaklar hosil bo’lishi; 4- kurtaklarni o’sishi va mikro navdalarni hosil bo’lishi; 5–mikronavdalarni
ko’paytirish (qalamcha); 6–mikro novdalarni ildiz olishi; 7–regenerant o’simlikni past xaroratda saqlash
(deponarovaka qilish); 8–o’simliklarni issiqxona sharoitiga o’tkazish; 9 – regenerant o’simliklarni
dalaga
ekish.
Ba’zi bir qishloq xo’jalik o’simliklari uchun (masalan, kartoshka o’simligi) klonal
mikroko’paytirish texnologiyasi sanoat darajasiga ko’tarilgan. O’simliklarda bor bo’lgan
meristemalarni faollashtirish usulini ishlatilishi bir yilda bir dona kartoshka meristemasidan 10
5
dona o’simlik
etishtirish imkonini beradi, bunday texnologiya probirkada mikro tuganaklar -
qimmatbaho virussiz urug’lik yaratishni o’z oldiga qo’ygan (3.10-rasm.).
Ikkinchi usul
– Bu eksplant to’qimalarida to’g’ridan-to’g’ri
adventiv kurtaklar paydo
bo’lishini kuchaytirish (induksiya qilish). Bu usul o’simlikni ajratib olingan qismini qulay ozuqa
muhitida etishmagan qismini (organlarini)
hosil qilishiga asoslangan, shunday qilib, butun o’simlik
renerasiya (hosil) qilish.
Adventiv kurtak hosil qilishni o’simlikni hohlagan organi va to’qimasi (ajratib
olingan kurtak,
barg, poya, urug’palla, ildizni bir qismi va x.k) asosida tashkil etish mumkin.
Ammo, material zaharlanmagan (yuqumli kasalliklardan holi) bo’lishi shart. Bu jarayon,
odatda alohida sitokinin yoki uni auksin bilan aralashmasi (10:1 yoki 100:1)
saqlagan ozuqa
muhitida amalga oshadi. Auksin sifatida ko’proq
β
-indolil–3-sirka kislota (IUK) yoki
∝
-naftilsirka
kislota (NUK) ishlatiladi.
Bu mikroko’paytirishni eng keng tarqalgan usuli bo’lib, shu usul bilan ildiz mevali gullar
(narsissa, liliya, giasint, gladiolus, lolaqizg’aldoq); Brassica avlodiga mansub o’simliklar (rangli
karam) shuningdek piyoz,
sarimsoqpiyoz, pomidor va boshqa bir qator o’simliklar ko’aytirilgan
(3.11- rasm).
9-rasm.
O’simliklarni bor
meristemalarini faol-
lashtirish usuli bilan
ko’paytirish chizmasi:
1 - tepa meristemasini yulib
tashlash yo’li;
2 - ozuqa muhitiga sitoki-ninlar
qo’shishi yo’li
B/G –
gormonsiz muhit; S-
sitokininlar,
A-auksinlar.