Yosh va virus bilan kasallanmagan, sog’lom o’simlikni yuqori
meristemasini ajratib olib, uni
Murasiga va Skugani modifikasiya qilingan oziqa muhitida o’stiriladi. Ozuqa muhiti 0,1-0,5 mg/l 6-
benzilaminopurin (BAP) saqlashi kerak. 3-4 xafta o’tgandan keyin meristema maysaga aylanadi va
uni asosida adventiv kurtaklar hosil bo’la
boshlaydi, hamda tez rivojlanib. Yangi kurtak soldilar. 6-
8 hafta mobaynida kurtaklarni tartibsiz yig’indisi (konglamerati) hosil bo’ladi. Bu kurtaklar
rivojlanishni har xil bosqichida bo’lib, bir-birlari bilan bog’lovchi to’qimlar orqali bog’langan
bo’ladi. Kalta qalamchalardan barglar paydo bo’ladi, ularni tagida esa
yangi adventiv kurtaklar
chiqa boshlaydi.
Mana shu kurtaklarni ajratib olib yangi ozuqa muhitiga ekiladi. Sitokinin saqlagan muhitda
novdalarni proliferasiyasi (ko’payish orqali yangi hujayra va to’qimalarni hosil bo’lishi)
davom
etadi, gormon saqlamagan muhitda esa 4-6 hafta davomida normal holatdagi,
ildiz va bargli
o’simlik hosil bo’ladi. Eksplantni morfogenetik faolligi 3-4 yil mobaynida saqlanadi. SHunday
qilib, bitta o’simlikdan bir yilda bir necha million regenerant o’simlik etishtirish mumukin.
Tabiiyki, izlanuvchilarni adventiv
kurtaklarni kelib chiqishi, xususan meristemani
tabaqalanishida qaysi bir hujayra qavati ishtiroq etishi qiziqtiradi. Hozircha bu
masalada bir xil fikr
yo’q. Masalan, Tran Tan Van o’zini tamaki to’qimalaribilan olib borgan ishlarida eng faol to’qima
epiderma ekanligini, undan oziqa muhiti tarkibidagi gormon balansiga qarab, kurtak,
kallus yoki
ildiz chiqishligini ko’rsatib bergan.
Shuningdek, adventiv kurtaklar meristematik hujayralarni yuqori qatlamidan pydo bo’lishi
ham ko’rsatib o’tilgan. Sosna daraxti misolida adventiv kurtakni kurtakni urug’pallasini va
subepidermal qavatlarida paydo bo’lishi kuzatilgan va bu jarayon sosna uchun ishlatiladigan
sitokininlarga bog’liq emasligi ko’rsatib o’tilgan (3.13-rasm).
Dostları ilə paylaş: