tayyor bo’lishi kerak. Morfogenezni stimulini qabul qilish qobiliyati hujayrani kompentligi deb
ataladi. Olimlarni fikriga hujayrani kompetentligi tasadduf voqeylik,
shuning uchun ham juda kam
uchraydi. SHu munosabati bilan o’zini kompetentsizligi tufayli morfogenez stimulini qabul
qolaolmaydigan kallusli hujayralar hayoti to’g’risida savol tug’ilishi muqarrar.
Ko’chatlarda bu hujayralar bo’linishda davom etadi va ko’proq gormonga muhtojsizlik
yo’liga o’tib oladi. Ammo, kallus to’qimalarni hammasi ham o’zini rivojlanishini gormonga
muhtojsizlik bilan tugatmaydi.
Morfogenezni yangi markerlarini izlab topish ishlari davom etmoqda. Meristematik uchoq
hujayralari va embrioidli strukturalar hosil bo’lishiga bosh bo’ladigan
hujayralar kallusli
hujayralardan RNK va DNK sintezini kuchligi bilan farq qiladi. Bu esa oqsil almashinuvini o’ziga
xosligi bilan bog’liq. Oqsil almashinuvini o’zgarishi, tabaqasizlangan hujayralarda o’tadigan
jarayonlarga o’xshash bo’lsada, ularni nihoyasi har xil. R.G.Butenkoning fikricha, reaksiyani
spesifikasi (o’ziga xosligi), makromolekulalarni sintezini umuman kuchayishi bilan emas (bu
proliferasiyani kuchaytirish uchun zarur), balki mana shu umumiy fonda sodir bo’layotgan noyob
sintezlar va boshqaruvchi tipga ega bo’lgan oqsillarni paydo bo’lishini shart qilib qo’yishi
bilan
bog’liq.
Kallusli kulturalar to’qimalarini morfogenezga o’tishi, nafas olish metabolizmini o’zgarishi
bilan olib boriladi. Umuman nafas olish (SO
2
bo’yicha) kuchayadi, ammo uni xarakteri
pentozofosfat yo’lini kuchayishi tomon o’zgaradi. Nafas olish fermentlarini faolligi oshadi.
Biokimyoviy o’zgarishdan keyin, hujayrani strukturasida reorganizasiya (qayta buzulish)
boshlanadi. Hujayrani biokimyoviy o’zgarishi uni tuzilishini o’zgarishidan oldin turadi.
Morfogenez yo’liga kirgan hujayralarda ribosomalar, mitoxondriyalar soni ko’payadi,
ularni ichki
tuzilishi o’zgaradi. Kallusli hujayralarda morfogenez jarayoni sinxronsiz o’tadi va uzoq davom
etadi. Bir vaqtda kallusli to’qimalarda to’liq tuzilgan strukturalar hamda endigina bu yo’lga
kirmoqchi bo’lgan hujayralarni ham kuzatish mumkin.
Meristematik uchoqni hujayralarini vaglobulyar proembrioni sintetik faolligini oshishi, ularni
ozuqa muhitidagi moddalar intiladigan attragir (ozuqa muhitini fitogormonlar miqdori ko’proq
bo’lgan organga yo’llantiruvchi) markazga aylantirib qo’yadi. Bunday
holatda atrofdagi kallusli
hujayralar emirilib, hosil bo’lgan embrioidlar kallusli hujayralar massasidan oson tushib ketadi.
Kallusli hujayralar bir-biri bilan plpzmodesmalar orqali bog’lanmaydi. Murtaksimon
tuzilmalar yoki meristematik o’choq paydo bo’lganda, hujayralar oralig’ida qaytadan
plazmodesmalar yordamida bog’lar paydo bo’ladi.
Morfogenezda o’tadigan va kallusli hujayralardan o’simlik paydo bo’lishi
bilan tugaydigan
barcha o’zgarishlar maxsus genlar orqali boshqarib (nazorat qilib) turiladi. Hozirgi vaqtda bir
guruh olimlar – morfogenezni belgisi poligenli bo’lib, bir necha xromosomalar bilan nazorat qilib
turiladi, deb hisoblasalar, boshqalari- bu belgi ikkita
yadro geni bilan aniqlanadi, degan fikrga
kelishgan. Kallusli hujayralarni morfo-genetik faolligi genetik tabiatga ega ekanligini o’zi, nima
uchun ba’zi-bir hollarda kallusli to’qimalardan u yoki bu genotiplarni regenerasiyasini olish
mumkin emasligini tushuntirib beradi.
Dostları ilə paylaş: