Biotexnologiya asoslari


O’zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Biotexnologiya asoslari

 
2. O’zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi 


 
Biotexnologiya fani O’zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo’lib, uni tarixi uzoqqa 
bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va x.k. bundan istisno). Bu 
fan asosan O’zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va 
o’simlikdar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga 
qarashli bir qator zavodlarda (YAngiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, qo’qon 
spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo’yicha birinchi o’zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-
1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi 
(V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. 
Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, ularni 
nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus 
xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi. 
Professor q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib yog’ parchalovchi 
lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p shakliligi sabablarini 
tahlil qilaturib, har bir biotexnologik jarayon uchun o’ziga xos spesifiklikka ega bo’lgan lipaza 
fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. q.D.Davranov yaratgan
"Er malhami" biopreparati, azot o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, 
mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Bundan tashqari q.D.Davranov 
rahbarligida sellyulozalignin biokarkasini (g’o’zapoya, samon, kanop poyasi, qipiq va 
boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomisetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy 
sellyulozalignin birikmalari parchalanishini amaliyotda ko’rsatib berildi. 
B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g’o’zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb
atallish zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu 
texnologiyani amaliyotga qo’llash taklif va muloxazalarini chop etdi. J.Tashpulatov yaratgan bu 
texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7%ga etgani, unda vitaminlar, 
aminokislotalar paydo bo’lganligi va shu tufayli somonni oziqa-birligi bir necha barobar 
oshganligi isbotlab berilgan. 
O’zbek olimlaridan T.G.Gulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov, 
I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish 
ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. SHuningdek, marhum professorlar 
M.M.Murodov va T.YU.YUsupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy 
amaliy nazariyalar yaratilgan. 
YUqorida fikr etilgan uch zavodda (Andijon gidroliz zavodi, qo’qon spirt zavodi, 
YAngiyo’l biokimyo zavodlarida) spirt olish uchun zarur bo’lgan amilaza fermentini ishlab 
chiqarish bo’yicha chuqur izlanishlar olib borilmokda 
Bu kabi biotexnologik ishlab chiqarish nazariyalarini yaratish, uni amaliyotga tadbiq etish 
ishlari yuzasidan O’zFA Mikrobiologiya instituti va Toshkent Davlat Agrar Universiteti qishloq 
xo’jalik biotexnologiyasi kafedrasi hamda O’simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi olimlari 
faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 
Mamlakatimiz ravnaki, uning iqtisodini yanada oshirish maqsadida eng avvalo quyidagi 
biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoq zarur: 
9
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin