Biotexnologiya asoslari


IMMOBILIZASIYA QILISH USULLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139
Biotexnologiya asoslari

IMMOBILIZASIYA QILISH USULLARI 
 
Immobilizasiya qilish usullari ikkiga bo’linadi:
fizikaviy yo’llar bilan immobilizasiya qilish;
kimyoviy yo’llar bilan immobilizasiya qilish; 
Har qaysi usulda immobilizasiya qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak; "tashuvchilar" 
(sorbentlar) ning tabiati va fizik-kimyoviy xususiyati organik va noorganik tabiatga ega bo’lishlari 
mumkin.
Immobilizasiya qilishga mo’ljallangan "tashuvchi" larga quyidagi talablar qo’yiladi:
¾
kimyoviy va biologik mo’tadillik; 
¾
mexanik nuqtai nazardan mustaxkamlik; 
¾
ferment va uni substrati uchun o’tkazuvchanlik; 
¾
texnologik jaroyonlar uchun zarur bo’lgan shaklda olinishi
¾
osonligi (granula, membrana, varak va xokazo holatda). 
¾
reaksion shaklda tez kirishi; 
¾
yuqori gidrofilligi (immobilizasiya jarayonini suvli muhitga o’tkazish uchun); 
¾
arzonligi. 


5-rasm. Immobilizasiya usullari 
Tabiiyki, bu talablarni barchasiga javob beraoladigan tashuvchilar yo’q. SHu sababli ham 
immobilizasiya uchun juda ham ko’p materillardan foydalanishga to’g’ri keladi. 
Organik polimerli tashuvchilar 
Bunday polimerlarni ikki sinfga bo’lish mumkin: tabiiy polimerlar va sun’iy polimerlar. O’z 
navbatida tabiiy polimerlarni ham biokimyoviy xossalariga qarab guruhlarga bo’lish mumkin; 
polisaxaridlar; oqsil, lipid tabiatli tashuvchilar. Sun’iy, ya’ni sintez yo’li bilan olingan polimerlar 
ham guruhlarga bo’linadi, masalan, makromolekularni asosiy zanjirni kimyoviy tuzilishiga qarab,
polimetilenlik, poliamidlik, poliefirlik tashuvchilar va x.k.
Immobilizasiya qilish usulli, fermentni xususiyatini va ishlatilishiga qarab, "tashuvchi"larga 
bir qator qo’shimcha talablar quyiladi: kovalent immobilizasiya qilinganda "tashuvchi" fermentni 
faolligini belgilovchi qismi bilan bog’lanmasligi lozim; (fermenti faollik markazi o’z holda bo’lishi 
shart), ferment faolligini pasaytirish xususiyatlari bo’lmasligi shart.
Immobilizasiya qilish jarayonida quyidagilarni bilish lozim; "Tashuvchi" va ferment har xil 
zaryadlarga ega bo’lsalar, immobilizasiya jarayoni tez va mustaxkam kechadi, aksincha bir xil 
zaryadga ega bo’lsalar jarayon kiyin kechadi; "tashuvchini" zarrachalari qancha kichik bo’lsa, 
sorbsiya qilish xususiyati shuncha baland bo’ladi. Immobilizasiya jarayonida ko’proq polimetilen 
tipidagi "tashuvchi" lar boshqalarga nisbatan kengroq ishlatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin