Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar o’quv-uslubiy majmua Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar


I. O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni



Yüklə 73,08 Kb.
səhifə2/20
tarix14.12.2023
ölçüsü73,08 Kb.
#179212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar o’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

I. O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni 
So‘nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. 
Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Oxirgi yillarda
nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning 
hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal
antitelolar olindi, biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila 
boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar , jumladan, oziq-ovqat,
energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda 
biotexnologiya o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Biotexnologiyaning ulkan
yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat 
qilmoqda.

II. O'quv fanining maqsad va vazifalari 
Ta’lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotdagi tub 
burilishlar, fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, yangi didaktik imkoniyatlar,
insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini ham tubdan o‘zgartirdi. Ta’lim maqsadining 
tubdan o‘zgarishi ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topadi
.

Fanning vazifalari-talabalarga biotexnologiya ob’ektlari bilan ishlash shuningdek,


ushbu ob’ektlar bilan ishlash davomida biotexnologik usullardan oqilona foydalanish, gen 
muxandisligi, fermentlar muxandisligi nazariy bilimlari yordamida farmatsevtika sanoati
uchun kerakli biologik faol substansiyalarni tabiiy, ekologik toza xolda korxona miqyosida 
ishlab chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – umumiy biotexnologiya, uning predmeti, o‘rganish 
ob’ektlari, muammolari, sohalari haqida ma’lumot berish xamda egallangan bilimlar bo‘yicha
talabalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
«Biotexnologiya asoslari» fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:

fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini bilib oladi;



fanning usuli va tadqiqot ob’ektlari bilan tanishadi;



biotexnologiya taraqqiyotida fundamental tadqiqotlarning roli, shuningdek,


biotexnologiyaning yo‘nalishlaridan biri –enzimologiya sohasidagi fundamental 
tadqiqotlar bilan tanishadi;

virus, hujayra va to‘qima tuzilishiga oid fundamental tadqiqotlar bilan tanishadi;



genetika va molekulyar biologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar;



biotexnologiyada qo‘llaniladigan apparatlar va jarayonlar bilan tanishadi;



biotexnologik mahsulotlar uchun GMP va GLP sistemalari bilan tanishadi;



biotexnologik ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda korxonani qurilmalar bilan


jihozlash; 

Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar


o’quv-uslubiy majmua 

208 



biotexnologik ishlab chiqarishda chiqindilarni zararsizlantirish bilan tanishadi.




Yüklə 73,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin