I. O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni
So‘nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi.
Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Oxirgi yillarda
nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning
hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal
antitelolar olindi, biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila
boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar , jumladan, oziq-ovqat,
energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda
biotexnologiya o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Biotexnologiyaning ulkan
yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat
qilmoqda.
II. O'quv fanining maqsad va vazifalari
Ta’lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotdagi tub
burilishlar, fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, yangi didaktik imkoniyatlar,
insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini ham tubdan o‘zgartirdi. Ta’lim maqsadining
tubdan o‘zgarishi ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topadi
.
Fanning vazifalari-talabalarga biotexnologiya ob’ektlari bilan ishlash shuningdek,
ushbu ob’ektlar bilan ishlash davomida biotexnologik usullardan oqilona foydalanish, gen
muxandisligi, fermentlar muxandisligi nazariy bilimlari yordamida farmatsevtika sanoati
uchun kerakli biologik faol substansiyalarni tabiiy, ekologik toza xolda korxona miqyosida
ishlab chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – umumiy biotexnologiya, uning predmeti, o‘rganish
ob’ektlari, muammolari, sohalari haqida ma’lumot berish xamda egallangan bilimlar bo‘yicha
talabalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
«Biotexnologiya asoslari» fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:
fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini bilib oladi;
fanning usuli va tadqiqot ob’ektlari bilan tanishadi;
biotexnologiya taraqqiyotida fundamental tadqiqotlarning roli, shuningdek,
biotexnologiyaning yo‘nalishlaridan biri –enzimologiya sohasidagi fundamental
tadqiqotlar bilan tanishadi;
virus, hujayra va to‘qima tuzilishiga oid fundamental tadqiqotlar bilan tanishadi;
genetika va molekulyar biologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar;
biotexnologiyada qo‘llaniladigan apparatlar va jarayonlar bilan tanishadi;
biotexnologik mahsulotlar uchun GMP va GLP sistemalari bilan tanishadi;
biotexnologik ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda korxonani qurilmalar bilan
jihozlash;
Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar
o’quv-uslubiy majmua
208
biotexnologik ishlab chiqarishda chiqindilarni zararsizlantirish bilan tanishadi.
Dostları ilə paylaş: |