Asosiy qism
Fanga kirish
Har bir fan o'z usullari va bo'limlariga ega bo'lib, har bir bo'lim osha sohaga doir u yoki bu
masalalarni echishga mo'ljallangan bo'ladi. Biologiya taraqqiyotining hozirgi bosqichini
revolyutsion deb atash mumkin, chunki biologiya hozirgi davrga kelib, tabiiy fanlar ichida
etakchi orini egallamoqda.
Biotexnologiya yonalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu fan asosiy va fundamental
fanlardan biri bo'lib, ishlab chiqarishni intensivlash, ish unumdorligini oshirish, ekologik toza
va chiqindisiz samarador texnologiyalarni yaratish asoslarini beradi. Talabalar nazariy kurs
bilan birga amaliy mashg'ulotlarni o'tib, turli turdagi biologik faol moddalarni olishning
biotexnologik sxemalarini tuzish, tirik organizmlar asosida ekologik toza mahsulotlar olish va
ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun etarli bilimlarga ega bo'lishadi.
Biotexnologiya, uning rivojlanish tarihi, predmeti, maqsadi va vazifalari. Biotehnologiya
sog'liqni saqlash, ilm-fan va halq ho'jaligi taraqqiyotida.
Biotexnologiya deb mavjud biologik muammolarni biologik ob’ektlar yordamida hal
qilishga aytiladi. «Biotexnologiya» so‘zi yunoncha «bios»-hayot, «teken»-san’at, «logos»-
fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Biotexnologiya qadim-qadimdan insoniyat uchun
xizmat qilib kelmoqda. Insonlar biotexnologik jarayonlardan unumli foydalanib kelganlar.
Hozirda biotexnologik jarayonlar yordamida antibiotiklar, fermentlar, vaksinalar,
polisaxaridlar, ozuqa oqsillari, gormonlar, glikozidlar, aminokislotalar, alkaloidlar, mineral
o‘g‘itlar, biogaz ishlab chiqarilmoqda.
Biotexnologiya ob’ektlari va usullari. Biotexnologik ob’ektlarni tanlash.
Biotexnologiyaning
ob’ektlari-viruslar,
bakteriyalar,
zamburug‘lar-mikromitset
va
makromitsetlar, o‘simlik, hayvon, odam hujayra, to‘qimalari, fermentlar, prostoglandinlar,
nuklein kislotalar, lektinlar va boshq. Umumlashtirilgan xolda biotexnologik ob’ektlarni 3
guruhga bo‘lish mumkin: o‘simlik va hayvon to’qimalari, mikroorganizmlar.
Dostları ilə paylaş: |