Biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə13/88
tarix24.09.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#147945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88
biotex

Jami

28

Laboratoriya va amaliy mashg‟ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari


Biotexnologiya va uning zamonaviy yo'nalishlari. Farmatsevtikada biotehnologiyaning o'rni. Zamonaviy biotexnologiya ko’p tarmoqli ilmiy-amaliy yo’nalish bo’lib, u biologiya (mikrobiologiya, genetika, molekulyar biologiya, bioximiya va h.k) va
muhandislik fanlari yutuqlari asosida paydo bo’lgan. Biotexnologiyaning rivojlanishi, o’z navbatida unga tegishli bo’lgan bir necha fanlar bo’yicha olib boriladigan ilmiy-amaliy izlanishlarni jadallanishiga olib keldi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, blis, tezkor so‟rov, aqliy hujum, “Klaster”,charxpalak, munozara.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; A11. Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.


Viruslar, bakteriya, zamburug, o'simlik va hayvon hujayralari. Bakteriya viruslarining tabiatini o'rganish. Viruslar eng mayda organizmlar bo‘lib, ularning o‘lchami 20 —300 nm(nanometr)ga teng bo‘ladi. 1 nanometr=10-9 metr ya'ni metrning milliarddan bir ulushi. Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o‘taolmaydigan filtrlardan o‘ta olganligi uchun filtrlanuvchi viruslar xam deyiladi. Viruslarni o‘rganuvchi fan virusologiya deb ataladi.Viruslarni 1892-yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. Viruslar o‘zining parazitizmi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi.O‘simliklar, hayvonlar, bakteriyalar va xatto zamburug'larda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta‟lim, shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q3.
Biotehnologiya ob'ektlarini takomillashtirish usullari. Biotehnologiya ob'ektlarining asosiy hossalari va ularga qo'yiladigan talablar. Biotexnologiya sanoatida produtsent sifatida prokariotlar–(bir hujayrali, yadrosi mukammal bo’lmagan organizmlar)–bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar (bir va ko’p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan o’ralgan)–achitqi va mitselial zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv o’tlari hamda ularning har xil usullar (seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muhandisligi) orqali olingan mutantlaridan foydalaniladi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: tezkor so‟rov, aqliy hujum, pinbord, charxpalak,
test.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q3.



Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin