Biotehnologiyadafermentlarniqo'llanilishi. Fermentlar-tirik hujayralar tomonidan sintez bo’ladigan oqsil tabiatli molekulalar bo’lib, ular har bir hujayrada bir necha yuzlab uchraydi va har xil vazifalarni bajaradilar. Ular o’ziga xos bo’lgan biologik katalizatorlardir. Ular organizm uchun juda zarur moddalar hisoblanadilar, agar fermentlar bo’lmaganlarida hujayradagi reaksiyalar juda ham sekinlik bilan o’tib, hayotni ushlab turish imkoniyati bo’lmas edi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogikyondoshuv,muammolita‟lim,aqliyhujum,pinbord,tezkorso‟rov,munozara. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.
Fermentlarsamaradorligivabarqarorliginioshirishusullari. Fermentlarni immobilizatsiyalangan formada ishlatish orqali fermentlarning tashqi muhit faktorlariga nisbatan yuqori labilligi (pH muhit, temperatura) va ularning tezkor inaktivatsiyasini sezilarli darajada yo'qotishga erishish mumkin. Fermentlar immobilizatsiyasi- bu ularni barqarorligini oshirish usuli. Fermenlar immobilizatsiyasining juda ko'p turlari mavjud (ular aseptik sharoitda olib boriladi). Lekin bu usullarning birortasi universal emas. Eng oddiy immobilizatsiya-bu fermentni erimaydigan tashuvchiga adsorbtsiyalash.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogikyondoshuv,muammolita‟lim,aqliyhujum,pinbord,tezkorso‟rov,munozara. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.
Bug„doydonidan lipazafermentiniajratish. Lipazalar (KF 3.1.1.3.-triatsil glitserol gidrolazalar) barcha tirik organizmlarda sodir bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar nafaqat ovqat hazm bo´lish yo´lidagi triglitseridlarni (yog´larni), di-, monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´ kislotalarigacha parchalanish jarayonlaridaham ishtirok etadi. Lipazalar suvli va organik muhitlarda ham barqaror bo´lib, ular o´simliklardan, hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:laboratoriyamashg‟uloti,dialogikyondoshuv,muammolita‟lim, aqliyhujum,test, tezkorso‟rov,munozara. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.