Biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə30/88
tarix24.09.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#147945
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
biotex

Modulning dolzarbligi

Farmatsevtika va farmatsevtik texnologiya sohasida bilim olayotgan yoshlar, eng avvalo, otmish madaniyatimizni, xususan, yurtimizda yashab ilmiy faoliyat olib borgan tibbiyot fani olimlari va ular tomonidan yaratilgan noyob asarlar, dorivor moddalarni bilishlari, hamda hozirgi kun talablaridan kelib chiqib, farmakologik, terapevtik tasiri yuqori, ammo nojoya effektlari deyarli bolmagan dori vositalari ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur ozlashtirishlari shart. Bu jarayon eng avvalo tabiiy xom ashyolar, tabiiy xom ashyolar asosida olinadigan substansiyalar va ularni ajratish texnologiyasi haqida chuqur ilmiy bilimlarni


egallashdan boshlanadi.
Hozirgi kunda pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga jadal suratlar bilan kirib kelmoqda. SHu sababli,
«Biotexnologiya asoslari» fani boyicha ham zamon talablari boyicha modulli oqitish tizimi joriy qilingan bolishi va har bir modul uz ichiga nazariy va amaliy bilimlarni xamda talabalarning mustaqil shugullanishlari uchun mustaqil talim boyicha
malumotlar jamlangan bolishi zarur. Ushbu fan materiallari turlicha korinishlarda, jumladan rasm, grafik, sxema, jadvallardan tashkil topgan organayzerlar, multimedia ilovalari (animatsiyalar, virtual stendlar, trenajyorlar, simulyasiyalar, audio- va videomateriallar) shakllarida bolishi talab etiladi. Fanni oqitishda turli interfaol oqitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofik. SHuningdek, Internet malumotlaridan ham samarali foydalanish talab etiladi. Hozirgi kunda, dunyoda ommalashib borayotgan OOOK (ommaviy onlayn ochik kurslar) ning ahamiyati beqiyosdir.
Ayniksa, respublikada ommalashib borayotgan Moodle on-layn ochiq tizimida kunduzgi talim bilan bir vaqtda talim olish talabalarning bilimlarini yanada oshishiga, ularning ilm-fanga bolgan qiziqishining ortishiga, talimdagi innovatsiyalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni organishlariga katta yordam beradi.
YUqoridagilar fanni oqitishda modul tizimining dolzarbligini, istiqboldagi muhim yonalishlarini belgilab beradi.



Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin