Biotexnologiya kafedrasi


«Биотехнология» yonalishi boyicha multimedia mahsulotlarini ishlab



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə33/88
tarix24.09.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#147945
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
biotex

«Биотехнология» yonalishi boyicha multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasida otgan yilda talim sohasiga katta etibor qaratilganligi takidlab otildi.

Xususan, 120 milliard somdan ortiq mablag talim


muassasalarini oquv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan taminlash uchun ajratilganligi takidlandi.

Talim tizimini axborotlashtirish, talimga axborot texnologiyalarini tadbiq qilish eng avvalo elektron oquv materiallarining mediamatnlarini (videorolik, animatsiya, prezentatsiyalar va h.k.) ishlab chiqishni taqozo etadi.


Bu jarayon pedagoglarimiz uchun yangi soha bolib, hali talim tizimida bu borada ommaviy
harakatlar sezilmayapti. Odatda, gipermatn va animatsiya effektlarini oz ichiga olgan elektron oquv adabiyotlari yaratish bilan cheklanilmoqda. Biroq, bu elektron oquv materiallarining tarkibida Internetdan olingan, xorijda ishlab chiqilgan multimedia animatsiyalari va videomateriallar kopchilikni tashkil etadi. Ozimizning Davlat talim standartlarimizga, oquv dasturlarimizga moslab ishlab chiqilgan mediamatnlar juda kamchilikni tashkil etadi.
Media talimni shakllantirishda eng avvalo auditoriyada mediani qabul qilish,
baholash konikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Talabalarda media matndagi psixologik bogliqliklarni kora olish, voqelikning borttirilishini qabul qilish, personajlarni his qilish, voqealarni oldindan sezish kabi qobiliyatlarni shakllantirish zarur. SHuningdek, talabalar mediamatnni
tahlil qilish va baholash konikmalariga ham ega bolishlari kerak. Bunda ular media tilini tushunish, tashqi tasirlarga berilmaslik, mediaobrazlarni tasvirlab berish, mediamatnga togri baho berish kabi qobiliyatlarga ega bolishlari juda zarur.
Biror fan boyicha mediamatn (videotasvir, animatsiya, prezentatsiya) ishlab chiqish eng avvalo pedagoglarning zimmasiga qoyilgan mashaqqatli vazifadir. Buni amalga oshirish uchun fan oqituvchisi
mediamatnga oid atamalarni tushunishi, qulay mavzularni tanlashi, video va multimedia effektlaridan foydalanishga harakat qilishi, nafis tuygularni, pedagogik artistizmni tadbiq qilib turli shakldagi mediamatnlarni ijod qilish konikmalariga ega bolishi lozim.
Darslarimizda qollaniladigan mediamatn (videotasvir, animatsiya va prezentatsiya) tasirchan chiqishi uchun avval uning matnini (ssenariysini) ishlab chiqish va har bir mazmunli bolakni faqat korish va eshitish emas, balki hid bilish, tan bilish, tam bilish sezgilarini, emotsiyalarni va harakat hislarini paydo qiluvchi lavhalar bilan boyitishimiz zarur.
Bunda turli audiovizual effektlardan meyor darajasida foydalanilsa kadrlarning tasirchanligi yanada oshadi. Kompyuter dasturchisi bu usulda ishlab chiqilqan matnga asoslangan holda kompyuter animatsiyasini hech bir qiyinchiliksiz ishlab chiqishi mumkin.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin