Lipazalar lipid sirtiga yopishib, lipolitik reaktsiyalarni muvaffaqiyatli va samarali katalizlashi uchun ferment sirtida etarli darajada uzun bo‘lgan gidrofob qism bo‘lishi zarur. Gidrofob qism fermentni substrat bilan o‘zaro munosabatga kirishini engillashtiradi. Ammo, lipazalarning aminokislotalar tarkibi o‘rganilganda, kutilmagan natijalar aniqlandi. Lipaza fermenti tarkibida qutblanmagan aminokislotalar miqdori odatdagidek ekanligi va ferment sirtida gidrofil qism borligi aniqlandi.
МавзуBiosensorlar.Mikroorganizmlarasosidagibiosensorlar. Biosensorlar deb tashqi fizik yoki kimyoviy signalni qayta ishlashga oson bo’lgan signalga aylantiruvchi o’zgartirgich bilan uzviy bog’liq juda sezgir biologik elementga aytiladi. 1962 yil amerikalik olim L.Klark tomonidan yaratilgan dastlabki biosensorlar ushbu soha taraqqiyotiga juda katta turtki bo’ldi. Hozirgi kunda biotexnologiya sanoatida biosensorlar texnikasi shiddat bilan rivojlanib amaliyotga kirib bormoqda.
МавзуO'simlik va hayvon to'qimalari asosidagi biosensorlar. Hayvonlar va o'simliklardan ajratilgan to'qima materiallar biosensorlarning biologik komponenti sifatida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Bu sinfga mansub biokatalitik komponentlar ferment uchun tabiiy muhitni hosil qiladi va shuning hisobiga fermentning katalitik hossasi sezilarli darajada barqarorlashadi. Bundan tashqari, o'simliklar va hayvonlar to'qima materiallari biosensorlarni yaratishda yuqori spetsifik faollikni saqlab qoladi.
Oxirgi yillarda biologik materiallarni qayta ishlash natijasida yoqilg’i olish mumkinligi haqidagi fikrlar, gipotezalar, amaliy ishlar ko’p aytilmoqda va bajarilmoqda. Bu muammoga bir necha bor global deya nom berildi. Chunki sayyoramizdagi tabiiy energetik resurslar zahirasi cheklangan.