E.colibakteriyasiniishlatilishi. Tirik organizmda oldindan mavjud qolip asosida yangi DNK molekulasining yaratilishi nuklein kislotalarining sintezlanish yo’lidir. Mavjud DNK molekulasidan nusxa olish replikatsiya deb ataladi. Replikatsiya jarayoni DNK- polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari yordamida amalga oshadi. rep-oqsil yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNK ning ajralgan zanjirlari turg’un holatda saqlanib turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNK ning bitta zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza fermentlari yordamida amalga oshadi.
мавзу MolekulyarbiologiyadaSaccharomycescerevisiaeva
Penicilliummelinzamburug'lariniishlatilishi. Mikroblar dunyosi keng va xilma-xildir. Ularga prokariotlar-bakteriyalar, aktinomitsetlar (shu‘lali zamburug’lar), rikketsiylar va qisman eukariotlar-achitqi zamburug’lari, ipsimon zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv o’tlari kiradi. Ularni umumlashtirib turgan xususiyatlari-kichikligi bo’lib, ular faqat mikroskop ostida yaqqol ko’rinadilar.
мавзуTi-plazmida yordamida transgen o'simlik yaratish. Biotexnologik jarayonlar sun‘iy oziqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon to’qimalari, hujayralari va organellalaridan foydalanishga asoslanadi. Hozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e‘tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir.