Biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə8/88
tarix24.09.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#147945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
biotex

Biotexnologiya sanoatida qo„llaniladigan jarayonlar va qurilmalar. «Suyuqlik - suyuqlik» sistemalarida eritma yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni maxsus suyuqlik (erituvchi) yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb nomlanadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, erituvchi aralashmada erimaydi, lekin ekstraksiyalanayotgan komponentni eritadi. Ma‘lumki, ekstraksiya jarayoni 2 xil bo’ladi: 1) suyuqliklarni ekstraksiyalash; 2) qattiq materiallarni ekstraksiyalash. Suyuq aralashmani ekstrakt va rafinatga ajratish uchun tindirish, separatsiyalash, sentrifugalash yoki boshqa mexanik jarayonlar qo’llaniladi. Biotexnologik ishlab chiqarishda qo’llaniladigan jarayonlarning eng so’nggisi-mahsulotni ajratish. Agar mahsulot biron bir organizm to’qima yoki hujayrasiga yig’ilgan bo’lsa, uni ajratish ancha murakkkab. Buning uchun to’qima yoki hujayra kultural suyuqlikdan ajratib olinadi, parchalanadi (dezintegratsiya) va ajratilishi zarur bo’lgan mahsulot buzilgan to’qima komponentlaridan tozalanadi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta‟lim. Ma‟ruza, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so‟rov”, “Fikrlash xaritasi” , Charxpalak, B.B.B jadvali.
Adabiyotlar: A6; A12. Q2; Q3; Q4.
Genetika, molekulyar biologiya sohasidagi tadqiqotlar va erishilgan yutuqlar. Tirik organizmda oldindan mavjud qolip asosida yangi DNK molekulasining yaratilishi nuklein kislotalarining sintezlanish yo’lidir. Mavjud DNK molekulasidan nusxa olish replikatsiya deb ataladi. Replikatsiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari yordamida amalga oshadi. rep-oqsil yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNK ning ajralgan zanjirlari turg’un holatda saqlanib turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNK ning bitta zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK- ligaza fermentlari yordamida amalga oshadi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta‟lim. Ma‟ruza, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so‟rov”, “Fikrlash xaritasi” , Charxpalak, B.B.B jadvali.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6. Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin