Biotexnologiya



Yüklə 125,55 Kb.
səhifə3/5
tarix20.06.2023
ölçüsü125,55 Kb.
#133295
1   2   3   4   5
Biotexnologiyasi uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat, energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi.
Biotexnologik jarayonlar sun’iy ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir.

Masalan, biotexnologik jarayonlar juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k SHuning bilan bir qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi.


Aytib o’tilgan ustunliklar, o’simliklarni va xayvonlarni hujayralari, to’qimalari va organlariga ham tegishlidir.



Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni
biotexnologiyadagi ro’li.
Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish mumkin:
Birinchi yo’nalish ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar, glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish imkoniyati bilan bog’liq. Ma’lumki, ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq ozuqa muhitida o’stirilgan kallus to’qimalardan olinadi.
Hujayra texnologiyasi asosida diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin.


Yüklə 125,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin