Biotexnologiya



Yüklə 125,55 Kb.
səhifə4/5
tarix20.06.2023
ölçüsü125,55 Kb.
#133295
1   2   3   4   5
Ikkinchi yo’nalishajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa, sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka va x.k.) o’simliklar yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga oladi.



Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug’ kurtakni sun’iy ozuqa muhitida o’stirish, gaploidlar, olish imkonini bersa, murtaklarni o’stirish – o’saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o’simliklardan gibrid urug’laretishtirish imkonini beradi
Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik olish imkonini beradi. Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir.
Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni o’stirish uchun mo’ljallangan ozuqa muhitlari, o’simliklarni yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha makroelementlar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va boshqalar) va mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden va boshqalar) hamda vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularni sintetik analoglarini saqlashi kerak.



Ba’zi ozuqa muhitlari aminokislotalar, kazsin gidrolizoti, EDTA (etilendiamintetrasirka kislota) yoki uni natriyli tuzi (bu tuz temirni hujayra kirishiga yordam beradi) va boshqa kerakli moddalar saqlaydi. Kallus to’qima olish uchun, alohida hollarda oziqa muhitiga kokos yong’og’ini (kakos suti), kashtan daraxtini endospermasini qo’shiladi. Karbon suvlar ozuqa uchun eng kerakli kompopenentlar hisoblanadi. Bunga sabab, ko’p hollarda ajratib olingan hujayra va to’qimalarni avtotrof oziqlanishga qurblari yetmaydi.



O’stirish sharoiti O’simliklardan ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni yaxshi o’stirish uchun, o’stirishni ma’lum shartlariga roiya qilish kerak. Ko’pchilik kallus to’qimalari yorug’likga ehtiyoji yo’q, chunki ularni xloroplastlari bo’lmasdan, geterotorf oziqlanadilr.
Ba’zi – bir yashil rangdagi kallus to’qimalar bundan mustasno. Ba’zi bir holatlarda kallus to’qimalar avtotrof oziqlanishiga qobiliyatli emas, bularni doimiy yorug’lik sharoitida o’stiriladi, bu esa muvoffaqiyatli morfogenez uchun majburiy sharoitdir ko’proq kallus to’qimalar qorong’ilikka olinadi. Morfogenezga aniqlangan (determinirovano’e) to’qimalar yorug’likga o’tkazilib, keyin 1000- 4000 lk yorug’likda o’stiriladi.



Yüklə 125,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin