hayvonlar, bakteriyalar va xatto zamburug'larda parazitlik qiluvchi viruslar
aniqlangan.
Virusning tuzilishi deyilganda uning strukturaviy
bloklardan iborat spetsifik
«qurilishi» yoki arxitektonikasi (yunoncha
archi
-boshlang'ich, dastlabki,
tecton
-
usta, master) nazarda tutiladi. Organizmdan tashqarida virus kristall ko’rinishda
bo’ladi va u
virion
deyiladi. Har bir virion toza xolda bir-biri bilan kovalent
bog'lanmagan nuklein kislota va oqsildan iborat. Virion-intakt (lotincha
intactus
-
tegilmagan, shikastlanmagan), yuqish xossasiga ega virus.
Nuklein kislotalar-viruslarning irsiyat moddalari.
Tarkibidagi nuklein kislota
tipiga ko’ra viruslar 2 xil: DNK saqlovchi va RNK saqlovchi viruslarga bo’linadi.
RNK saqlovchi viruslarga o’simlik viruslari, DNK saqlovchi viruslarga esa
bakteriya, hayvon, odam viruslari kiradi.
Virionning nuklein kislotasi (genomi) atrofida hosil bo’lgan oqsil qobiq
kapsid
deb ataladi. Virion shakli (formasi) uning kapsidi bilan belgilanadi.Kapsid nuklein
kislota bilan birga nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab tuzilgan viruslar qo’shimcha oqsil yoki lipoproteid qobiqlardan
tuzilgan bo’ladi. Ba'zan qobiq tarkibida ayrim uglevodlar
va fermentlar ham
uchraydi. Gripp, gerpes viruslari murakkab tuzilgan viruslarga misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: