Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
720 (1)

Hayvon viruslari 
Viruslar
 
O'simlik viruslari 
Bakteriya viruslari 
(bakteriofaglar)
 
Zamburug' viruslari 


Umurtqali hayvonlar viruslari 17ta oilaga, umurtqasizlar viruslari 7ta oilaga, 
bakteriyalar viruslari 10ta oilaga bo’linadi. O’simlik viruslarining 20ta turi va 
zamburug'lar viruslarining 5ta turi mavjud. Bu raqamlar keyinchalik o’zgarishi 
mumkin. Chunki bugungi kunga kelib avval fanga ma'lum bo’lmagan yangi viruslar 
xam aniqlanmoqda (masalan, OITS). 
1971-yil T.O.Diner (AQSh) kartoshka o’simligi tugunagini urchuqsimon, 
duksimon ko’rinishga keltiradigan subvirusli patogen qo’zg'atuvchini aniqladi. Ular 
keyinchalik
viroidlar
deb nomlandi. 1984-yil viroidlar tomonidan madaniy 
o’simliklarda qo’zg'atiladigan 10 xil kasallik aniqlandi. Bular qatorida donli 
o’simliklar xam bor. Viroidlarda kapsid qobiq yo’q. Uning molekulyar strukturasi bir 
zanjirli, kovalent berk, xalqasimon RNKdan iborat. RNKdagi nukleotidlar soni 240-
400. Shakliga ko’ra viroidlar uzuksimon, chiziqli bo’ladi.
Viroidlarning har bir turi faqat uning o’ziga xos bo’lgan quyi molekulyar RNK 
turiga ega. Viroidlarning o’lchami o’rtacha 15nm. Ular o’simlikning sezgir 
hujayralari yadrosida yadrocha bilan kompleks hosil qiladi va to’liq hujayra 
fermentlari orqali replikatsiyalanadi. 
Viroidlar tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshash bo’lgani va kodon-initsiatorlari 
bo’lmagani uchun translyatsiyalanmaydi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. Hujayra nazariyasini tushuntiring. 
2. Hujayra nazariyasini ishlab chiqqan olimlar haqida ma'lumot bering. 
Viruslar 
• DNK saqlovchi 
• RNK saqlovchi 
DNK saqlovchi viruslar 
• bakteriya viruslari
• hayvon va odam viruslari 
RNK saqlovchi viruslar 
• o
'simlik viruslari
• va h.k. 


3. Viruslar. Ularning turlari. 
4. Viroidlar. 
5. Bakteriyalar va ularning turlari. 
6. Zamburug'lar va ularning turlari. 
7. Lishayniklar va ularning turlari. 
8. O'simlik hujayralari. 
9. Hayvon hujayralari. 
10. Biotehnologiyaning qanday tadqiqot usullarini bilasiz?

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin