Ma’ruza rejasi
1.Asosiy biotexnologik
jarayonlar tasnifi
2.Biotexnologik jarayonlar uchun sharoit yaratish
3 Ozuqa muxitining tarkibi
4 Bioreaktorlar
klassifikatsiyasi
Tayanch atamalar va iboralar: bioreaktor, ozuqa muhiti, inokulyant,
biomassa, ekstraktsiya.
Biotehnologiya-biologik jarayonlardan tehnika va sanoatda foydalanish. Bu
jarayonlar (mutahassis biotehnolog ishtirokida) bioob'ekt
yordamida kerakli natija
olishga qaratilgan. Biologik tehnologiya jarayonlari kimyoviy tehnologiya
jarayonlaridan keskin farq qiladi. Biologik tehnologiya jarayonlarida asosiy
komponent- bioob'ekt (virus,
bakteriya, zamburug', o'simlik va hayvon hujayralari,
biomolekulalar). Kimyoviy tehnologiyada bunday ob'ektlar ishlatilmaydi. Kimyoviy
tehnologiyada qo'llaniladigan
jarayonlar esa, masalan, yuqori temperatura, katta
bosim biotehnologiyada qo'llanilmaydi. Biroq reaktsiyalar – ular hoh kimyoviy, hoh
biokimyoviy bo'lsin, barchasi Le Shatel'e printsipiga bo'ysunadi.
Birgina (quyida ko'rsatilgan) umumlashgan shema biotehnologik jarayonlarning
hammasini qamrab ololmaydi. Aksariyat jarayonlar yana bir qancha bo'linmalarga
ajraladi. Masalan, baholash: bioob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko'ra qaysi oilaga
mansubligi (akariotlar,
eukariotlar, prokariotlar), bioob'ektlarning funktsional faolligi
(biosintez, biotransformatsiya).
Shuningdek, fermentatsiya va mahsulotni ajratish
jarayonlari ham bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi.
3-rasm.. Biotehnologik jarayonlarning umumlashgan shemasi.
Biotexnologiya sanoatida qo’llaniladigan jarayonlar va qurilmalar.
Ozuqa muhiti
ingredientlari
Ozuqa muhitini tayyorlash
Suv
Sterilizatsiya
Bug'
Inokulyat
Bioob'ekt
Ekish materiali
Fermenter
Bug'
Havo
Suv
Asosiy mahsulotni ajratish jarayonlari
Qo'shimcha
mahsulotlar
Chiqindilar
Asosiy mahsulot
Qadoqlash,
saqlash (jo'natish)
Zararsizlantirish
Biotehnologiya jarayonlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
biologik
biokimyoviy
bioanalog
Birinchi guruhga (biologik) bevosita akariotlar, eukariotlar, prokariotlardan
foydalanish kiradi. Ikkinchi guruh (biokimyoviy) jarayonlar fermentlardan
foygalanishga asoslangan. Uchinchi guruh biotehnologiya jarayonlariga (bioanalog)
esa tirik organizmlar moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlarni
kimyoviy yo'l bilan sintez qilish kiradi. Bioanalog jarayonlarga antibiotiklar sintezini
misol qilib keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: