Biotoʼqimaga lazer nurlanishi taʼsirining biofizikaviy mexanizmlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#41550
1   2   3   4   5   6   7
Biotoʼqimaga lazer nurlanishi taʼsirining biofizikaviy mexanizmlari

1-rasm 

Isiqlik taʼsiri 

Tibbiyotda  lazer  nurlanishining  issiqlik  taʼsiri  deganda  asosan  toʼqimadagi 

boʼgʼlanish  (ablyatsiya)  va  koagulyatsiya  jarayonlari  tushuniladi.  Nurlanishning 

issiqlik  taʼsiri  toʼqimada  quvvat  zichligi  1  dan  10

7

  Vt/sm


2

,  taʼsir  vaqti 

millisekunddan bir necha sekund yoki minutgacha boʼlgan lazer nuri taʼsirida  ruy 



beradi. Issiqlik taʼsiri toʼlqin uzunligiga bogʼliq va biotoʼqima optik xususiyatlariga 

ekanligini  qayd  etish  lozim.  Biotoʼqimaga  lazer  nurining  issiqlik  taʼsirini 

belgilovchi asosiy kattalik biotoʼqimaning temperaturasi va uning fazoviy taqsimoti 

hisoblanadi. Toʼqimaga lazer nuri taʼsirida uning hajmida yutilish ruy beradi va bu 

yutilish nurlanish quvvatiga, qaytarish va yutilish koʼrsatkichlariga bogʼliq.  

UB, qoʼzga koʼrinadigan va yaqin IQ spektr sohalarida lazer nuri asosan atom 

elektronlari  tomonidan  yutiladi  va  keyin  issiqlikka  aylanadi.  Oʼrta  va  yaqin  IQ 

spektr  sohasida  yutilish  molekulaning  aylanma  va  tebranma  uygʼotilishida  ruy 

berishi  maʼlum.  Uygʼongan  zarrachalarning  keyingi  relaksatsiyasida  enegriya 

issiqlikka  aylanadi  va  materialning  issiqlik  sigʼimiga  bogʼliq  ravishda  u  yoki  bu 

temperaturaga  erishadi.  Temperaturaning  fazoviy  taqsimoti  quyidagi  faktorlarga 

bogʼliq boʼladi: 

-chuqurlikka kirgan sari, yutilgan  energiya  kamayadi  (eksponentsial qonunga 

yaqin), shuning uchun toʼqimaning ichida (chuqur qismida) temperatura kichik

-nurlanishning  sochilishi  natijasida  uning  sezilarli  qismi  dastlabki  tarqalish 

yoʼnalishidan boshqa tomonda sochiladi; 

-bir vaqtning oʼzida issiqlik oʼtkazuvchanlik va qon aylanishi hisobiga issiqlik 

chiqib ketadi; 

-temperatura taqsimoti nurlanish geometriyasiga bogʼliq. 

Shuniday  qilib,  toʼqima  chuqurligi  va  unga  perpendikulyar  yoʼnalishlarda 

temperatura  gradienti  hosil  boʼladi.  Tempuratura  ortishi  bilan  biotoʼqimada 

quyidagilar kuzatiladi: 

 

Т, 


0

С 

Biotoʼqimadagi effekt 

37 

Kuzatilmaydi 



40-45 

fermentlarni  aktivlashishi,  shishlarni  hosil 

boʼlishi,  membranalarni  oʼzgarishi,  xujayraning 

oʼlish ehtimolligi 

60 

proteinnning  denaturatsiyasi,  koagulyatsiya  va 



nekrozning boshlanishi 

80 


kollagenning  denaturatsiyasi,  membranadagi 

defektlar 

100 

suvsizlanish 



150 дан юқори 

qorayib kuyish 

300 

ablyatsiya va gaz hosil boʼlishi 



 

Oddiy  materiallarga  farqli  ravishda  biotoʼqimaga  nur  taʼsirining  asosiy 

xususiyati shundaki, biotoʼqimaga taʼsir taʼsir vaqtiga kuchli bogʼliq. Bu vaqt nur 

taʼsir etish vaqti, sovush natijasida temperaturaning taqsimlanishi vaqtidan iborat.  




Quyidagi  2-rasmda  temperaturaning  taʼsir  etish  va  qaytib  boʼlmadigan 

oʼzgarishlar vaqti diagrammasi keltirilgan. 

 

2-rasm 

 

Toʼqimani  lazer  yordamida  qizdirish  jarayonida  uning  optik,  mexanik  va 



termik xususiyatlari oʼzgarishini hisobga olish kerak. Xususan, yutilish koʼrsatkichi 

qorayib  kuyishda keskin oʼzgaradi va natijada  qidirsh  sohasi  yaqinida  tesperatura 

keskin oʼzgarib, qizish jarayoni nochiziqli tus oladi.  

Lazerli nurlatish vaqtida toʼqimani xususiyatlarini oʼzgarishi. 

Т, 

0

С 



37-60 

60-65 


90-100 

>100 


bir 

necha 


yuz 

jarayon


 

 

qizish 



oqsilning 

denaturatsiyasi 

Suvsizlik 

qorayib 


kuyish 

ablyatsiya, 

yonish 

optik 


oʼzgarishlar 

yoʼq 


kulrang, 

sochilishning 

ortishi 

doimiy 


sochilish 

qora 


rang, 

yuqori 


yutilish 

tutun,  bugʼ 

shakllanishi 

mexanik 


oʼzgarishlar 

yoʼq 


boʼshliq 

bogʼlanishni 

buzilish, 

suyuqlik 

chiqishi 

kuchli 


mexanik 

shikastlanish 

toʼqimani 

olib 


tashlash 


Yuzada  qizishning  tezlashishi  odatda  toʼqimaning  suvsizlanishi  orqali  ruy 

beradi.  Bu  suvsizlanishda  issiqlik  oʼtkazuvchanlikning  kamayishi  bilan  bogʼliq. 

Barcha  koʼrilgan  oʼzgarishlar  alohida  emas,  balki  birgalikda  ruy  beradi.  Bu  esa 

toʼqimani qizidirishning birjinsli emasligi va temperatura gradienti mavjudligi bilan 

bogʼliq.  Lazerli  taʼsirlashuvda  toʼqima  tarkibining  oʼziga  zonalar  boʼyicha  xos 

koʼrinishi quyidagi rasmda keltirilgan. 

Temperatura  300 

0

C  katta  boʼlgan 



sohada biotoʼqima olib tashlanadi. Bu zonaga 

temperaturasi  300 

0

C  dan  kichik,  biroq  150 



0

C  dan  katta  soha  tutashadi.  Bu  zonada 

toʼqima  qorayib  ketadi.  Keyingi  qatlamda 

toʼqima  koagulyatsiyalangan.  Tashqi  zonada 

toʼqima  faqatgina  yengil  qizigan  va  qaytib 

boʼlmas jarayonlar kuzatilmaydi.  

 

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin