Sarkadolilar skeletlari. Jinsiy ko'payish Chig‘anoqli am yobalar (Testacea) turkum i. Chig'anoqli amyobalarning tuzilishi yalang'och amyobalarga bir muncha o'xshab ketadi, lekin ulardan tanasining chig'anoq ichida bo'lishi bilan farq qiladi. Psevdopodiylari chig'anog'ining bir tomonidagi teshigi orqali tashqariga chiqib turadi. Chig'anoqlari odatda yumaloq yoki birmuncha cho'ziq (oval) qopchaga o'xshash bo'ladi (3-rasm). Ayrim turlarining chig'anog'i yupqa organik moddadan, boshqalariniki mayda qum zarrachalaridan tarkib topgan. Turli chig'anoqli amyobalar psevdopodiylarining shakli va uzunligi, ehig'anoqlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan arsella - Arcella vulgaris chig'anog'i qo'ng'ir tuslikosacha shaklida bo'lib, uning markazida joylashgan teshikchasidan psevdopodiylar chiqib turadi. Artsellaning chig'anog'i shoxsimon organik moddadan tuzilgan boiib, sitoplazmadan hosil bo'ladi. Difflyugiya (Difflugia) noksimon kremniyli chig'anog'i asosan tashqi muhitdan olingan mayda qum zarrachalaridan iborat. Bunday chig'anoq dastlab sitoplazmaga yutilgan zarrachalaming sitoplazma sirtiga chiqib, bir-biriga yopishuvi natijasida hosil bo'ladi. Euglifa (Euglypha alveolata) ning qubbaga o'xshash chig'anog'i esa oval kremniy plastinkalaridan tashkil topgan. Bunday plastinkachalar sitoplazmadagi qum zarralaridan shakllanadi. Foraminiferalar (Foraminifera) turkumi. Foraminiferalar turkumiga dengiz va okeanlarda hayot kechiruvchi mingdan ko'proq sarkodalilar kiradi (4-rasm). Ayrim vakillari O 'rta Osiyoning sho'rlangan yer osti va quduq suvlarida ham uchraydi. Foraminiferalar hamma dengizlarda har xil chuqurlikda, qirg'oqning litoral zonasidan boshlab eng chuqur abissal qismigacha tarqalgan. Lekin asosiy ko'pchilik turlari 200-300 m. chuqurlikda yashaydi va bentos tarkibiga kiradi. Ayrim vakillari (masalan, globigerina - Globigerina) planktonda hayot kechiradi. Foraminiferalaming sitoplazmatik tanasi turli shakldagi kremniy (qum) zarralaridan va ohaktosh (CaC03) dan tarkib topgan chig'anoq ichida joylashgan. Dengiz tubida yashovchi foraminiferalar chig'anog'i sirti silliq bo'ladi. Plankton tarkibigakiradigan globigerinalar chig'anog'i sirtida esa chig'anoq sathini kengaytiradigan va shu orqali suvda qalqib turishga imkon beradigan radial joylashgan juda ko'p ignachalar bo'ladi. Qumda chig'anoqli foraminiferalar turlari xilma-xil bo'lmasa-da; ular ayrim dengizlarda son jihatidan bentosning asosiy qismini tashkil etadi.