Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Ko'p hujayralilarning tana tuzilishi. Simmetriya turlari



Yüklə 44,94 Kb.
səhifə21/31
tarix15.12.2022
ölçüsü44,94 Kb.
#74935
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
asosiy zoologiyaaaa

Ko'p hujayralilarning tana tuzilishi. Simmetriya turlari
Ko‘p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar mustaqil yashash xususiyatiga ega boijnasdan, yaxlit organizmning bir qismi hisoblanadi. Hujayralar turli darajada ixtisoslashgan, ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari faqat qisqarish, nerv hujayralari esa sezish xususiyatiga ega. Ixtisoslashgan hujayralar maxsus to ‘qimalami "hosil qiladi. Yuqorida (13-16 bedar) ko‘p hujayrali hayvonlaming epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot berilgari edi. Murakkab individual rivojlanish sikli hamma ko'p hujayralilar uchun xos xususiyatdir. Bu jarayonda urugiangan yoki ba’zan urugianmagan tuxumdan voyaga yetgan organizm shakllanadi. Ko‘p hujayralilarning individual rivojlanishi (ontogenezi) urugiangan tuxum hujayrasining juda ko‘p mayda hujayralarga bo iinishi (maydalanish) va ulardan asta-sekin embrion varaqlari hamda organlaming hosil boiishidan iborat. Ko‘p hujayralilar jinssiz hamda jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish birmuncha sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar uchun xos bo‘lib, ikkiga bo‘linish, kurtaklanish yoki ko‘p marta boiinish orqali sodir boiadi. Jinsiy ko‘payishni ko‘p xujayralilaming hamma tiplarida kuzatish mumkin. Jinsiy ko‘payish gametalar, ya’ni har xil jinsli ixtisoslashgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradi. Urg‘ochi hujayra tuxum (oogameta), erkaklik hujayra urug1 (spermatozoid) deyiladi. Gametalar qo‘shilishi natijasida hosil bo'ladigan urugiangan tuxumhujayrazigota deb ataladi. Zigotadan individual rivojlanish (ontogenez) jarayonida yetuk organizm shakllanib chiqadi.

Tana simmetriyasi
Simmetriya hayvonlar tanasining о 'xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to'g'ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog'liq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagilardan iborat.
1. Radial nurli, ya’ni teng o'qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshsimonlar, nurlsimonlar, volvokslarvaboshqalar)dako'rish mumkin. Ular tanasining o'xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo'nalishida joylashgan. Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil bo 'lishi bilan bog'liqdir. Radial tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyasi tananing hamma tomonida bir xilda bo'ladi.
2. Radial o'qli simmetriya suv tubida o 'tro q yashaydigan bo'shliqichlilar va ulaming erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radial o'qli simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining o'xshash qismlari aylanish o‘qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bo'laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo'shliqichlilar, taroqlilar, g'ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi. Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o'qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun harakterlidir.
3. Bilaterial, y a ’ni ikki yonlama simmetriya juda ko'pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va deyarli barcha umurtqali hayvonlar uchun xos bo'ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o'q orqali o'tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita teng bo'laklarga ajratish mumkin. Bilateral tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining chap va o'ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega bo'ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang'och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo'ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig'anoqning hosil bo'lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo 'lib, ikkilamchi hafakterga egadir.


Yüklə 44,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin