Birlamchi to'qimalar va ularning morfologiyasi Ko‘p hujayrali hayvonlar hujayralarining shakli, tuzilishi va organizmdagi funksiyasi turlicha bo‘ladi. Tuzilishi va funksiyalari bilan o ‘xshash bo ‘Igan hujayralar to ‘qimalami hosil qiladi. Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul vanerv to‘qimalari bo‘ladi. Epiteliy to ‘qimasi yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Uning hujayralari o ‘zaro zich joylashgan bo‘lib, oraliq moddasi juda kam boiadi. Bu to'qima hayvon tanasi sirtini qoplab turuvchi terini hosil qiladi. Tana bo'shlig'i, ichak devori va ichki organlar bo'shlig'ining ichki yuzasi ham shu to'qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va icfeki muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi. Chuvalchanglar tanasi sirtidagi kutikula, bo'g'imoyoqlilaming xitin qoplag'ichi, umurtqali hayvonlaming juni, patlari va timoqlari teri epiteliysidan hosil bo'ladi. Epiteliy sekretsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichak va oshqozon devori bezlari hazm fermendari, ichki sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy hujayralari teri sirtiga ter va yog‘ ishlab chiqaradi. Biriktiruvchi to'qima hujayralar orasidagi moddasining ko'pligi bilan boshqa to'qimalardan farq qiladi. Oraliq modda qattiq yoki suyuq bo'lishi mumkin. Biriktiruvchi to'qima organlar va to'qimalami bir-biri bilan tutashtirib turish, tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash, zaxira oziq to'plash va boshqa bir qancha vazifalami bajaradi. Bo‘shliqichlilar tipiga mansub hayvonlaming shilimshiq moddaga o'xshash biriktiruvchi to'qimasida oziqni taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi turli vazifalami bajaruvchi har xil hujayralar bo‘ladi. Yassi chuvalchanglar tanasidagi ichki organlar oralig'ini to'ldirib turuvchi parenxima g ‘ovak tolali biriktiruvchi to‘qimaga misol bo‘ladi. Bu to'qima ichki muhit vazifasini bajaradi. Ba’zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilaming turli organlari va teriosti qavati tarkibiga zich biriktimvchi to‘qima kiradi. Nafas olish organlari, qon tomirlari devori va terming qayishqoqligi ana shu to‘qimaning oraliq moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog'liq bo'ladi. Tayanch -skelet vazifasini bajaruvchi tog'ay, suyak, xorda tig'iz tolali biriktimvchi o'qimaga misol bo'ladi. Muskul to ‘qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan tolalardan tashkil topgan. Muskul to'qimasi silliq va ko'ndalang chiziqli bo'ladi. Silliq muskullar duksimon, bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular bir hujayralilar va bo'shliqichlilardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlaming ichki organlari tarkibiga kiradi. Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko'ndalang chiziqli muskullar ko'p yadroli uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo'g'imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, о 'rgimchaksimonlar vahasharotlaming harakat organlari, umurtqali hayvonlaming skeleti bilan bog'langan. Ko'ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin. Nerv to ‘qimasi - nerv hujayralari- neyronlar va hujayra oralig ‘i modda- neyrogliydan iborat. Tashqi muhitdan va organizmning o ‘zidan keladigan qo‘zg‘alishni qabul qilish va o ‘tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari dastlab sodda ko‘p hujayralilar-bo'shliqichlilarda paydo bo‘ladi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari markazlashgan bosh nerv tugunini hosil qiladi. Bo'g'imoyoqlilar va umurtqali hayvonlaming nerv hujayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv sistemasini hosil qiladi.