Bulutlar oziqni tutishi va hazm qilishi Suv tana sirtidagi teshikchalardan mayda naychalar orqali paragastral bo'shliqqa o'tadi va undan oskulum orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Kameralardagi yoqachali hujayralar xivchinlarining harakatlanishi suvni tana orqali oqib turishini ta’minlaydi. Xoanotsitlar tana orqali o'tadigan suvni filtrlab, undan oziq zarralari (bakteriyalar, bir hujayrali organizmlar va boshqalar) ni tutib olib, amyoboatsitlarga uzatadi. Ko'pchilik ohakli g ‘ovaktanlilarda xoanotsitlar oziqning faqat bir qismini amyobotsitlarga uzatadi, oziqning asosiy qismi esa xoanotsitlaming o'zida hosil bo'ladigan vakuolalar ichida hazm bo'ladi. Ayrim g ‘ovaktanlilarda xoanotsitlar faqat gidrokinetik (suvni haydash) funksiyani bajaradi. Oziq zairalarini amyobotsitlar bevosita naylardagi suvdan tutib olaveradi. Xoanotsitlaming hazm qilish funksiyasining yo ‘qolishi ikkilamchi harakterga ega.G‘ovaktanlilaming suvni filtrlash xususiyati juda yuqori bo'ladi. Masalan, balandligi 7 sm keladigan Leuconia bir sutka davomida tanasi orqali 221 suvni filtrlab o'tkazadi. Suv oskulumdan 25-50 smmasofagaborib tushadi. G'ovaktanlilar-harakatsiz, tanasi shaklini deyarli o'zgartirolmaydigan hayvonlar. Faqat tashqi teshiklari - porotsitlar sitoplazmasining qisqarishi tufayli biroz torayishi mumkin. Ayrim g 'ovaktanlilar maxsus hujayralar - miotsitlar yordamida oskulumini ham asta-sekin qisqartirish xususiyatiga ega. G'ovaktanlilar ta’sirni sezmaydi. Bu hoi ularda nerv sistemasining bo'lmasligini ko'rsatadi.
G'ovaktanlilat klassifikatsiyasi va ahamiyati Skeletining tuzilishiga binoan g'ovaktanlilar uchta sinfga bo ‘linadi. 1. Ohak skeletli g ‘ovaktanlilar (Calcarea, yani Calcispongia) sinfi. Skeleti to‘rt o ‘qli, uch o ‘qli yoki bir o‘qli ohak ignalardan iborat. Dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida uchraydi; tanasi uncha yirik boimaydi. Askon, sikon yoki leykon tipida tuzilgan. Asosiy turlari Sycon, Leuconia urugiariga kiradi. 2. Shishasimon skeletli g ‘ovaktanlilar (Hyalospongia) sinfi. Kattaligi 50 sm gacha, dengizlarning chuqur qismida yashaydigan hayvonlar. Tanasi naysimon, xaltasimon, ba’zan qadahsimon yoki silindr shaklda. Yakka holda yashovchi turlari sikonoid tuzilgan. Kremniy ignalari uch o ‘qli, juda xilm a-xil tuzilgan. Ko'pincha igna uchlari yopishib, panjara hosil qiladi. Mezogleyasi yaxshi rivojlanmagan. Euplectella avlodiga mansub ayrim turlari silindrsimon balandligi 1 mgayetadigan; tana uzunligi 3 m gacha boigan ignadan iborat poya yordamida suv tubiga qadalgan bo'ladi 3. Oddiy g'ovaktanlilar (Demospongia) sinfi. Ko'pchilik g'ovaktanlilar ana shu sinfga kiradi. Skeleti kremniy yoki spongiydan yoki ulaming har ikkalasidan iborat. Skelet ignalari to'rt o'qli yoki uch o'qli bo'ladi. Bu sinfga yirik sharsimon geodiyalar (Geodia) va alvon rangli dengiz apelsinlari (Tethya) avlodi, po'kakg'ovaktanlilar (Suberitidae) vaparmalovchi g'ovaktanlilar (Clionidae) oilasi, kremniy-muguz skeletlilar (Demospongia) turkumi, g'ovaktanli zimokka va bodyagalar (Spongellidae) oilasi vakillari kiradi. Chuchuk suv havzalarida, jumladan O'zbekistonda chuchuk suv g'ovaktanlisi bodyaga (Spongilla) avlodiga mansub turlar tarqalgan. Ko'pchilik g'ovaktanlilar okeanlaming iliq suvli tropik va subtropik qismida uncha chuqur bo'lmagan toshloq joylarda yashaydi. Ular arktika va subarktika suvlarida birmuncha kamroq, chunki loyqa suv g'ovaktanlilar nay sistemasini bekitib qo'yadi. Shuning uchun ular balchiqli loyqalanadigan suvlarda ko'p uchramaydi. Bunday joylarda uchraydigan turlaming tanani suv tubidan yuqori ko'tarib turuvchi gigant spikulalari (poyalari) bo'ladi. Sohilning suv ko'tarilib qaytib turadigan qismida yashaydigan g'ovaktanlilar biron narsaga yopishgan bo'rtma, yostiqchayoki qobiqqao'xshaydi. Suvning chuqur qismida uchraydigan g'ovaktanlilaming kremniyH skeleti qattiq, lekin juda mo'rt; sayoz joyda yashaydigan ko'pchilik g'ovaktanlilar skeleti esa ancha mustahkam va pishiq bo 'ladi. G 'ovaktanlilar suvni har xil mexanik va organik ifloslanishdan saqlaydigan biofiltratorlar sifatida katta ahamiyatga ega. G'ovaktanlilar boshqa organizmlar bilan simbiotik yoki kommensal munosabatda bo'lishi mumkin. Masalan, chuchuk suv g'ovaktanlilari tanasida uchraydigan bir hujayrali suv о 'tlari ulami kislorod bilan ta’minlaydi. G'ovaktanlilar esa suv o'tlariga mineral moddalar yetkazib beradi. Bunday o'zaro foydali munosabatni simbioz deyiladi. G'ovaktanlilar koloniyasida ko'plab halqali chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ilondumlilar, (ignaterililar) yashaydi. O'z navbatida g'ovaktanlilar ham krablar sovut qalqoniga, mollyuskalar chig'anog 'iga yopishib oladi. Bir xil organizmni ikkinchisi tomonidan substrat tariqasida foydalanishi bilan bog'liq bo'lgan bunday munosabatlar kommensalizm deyiladi. Kommensalizm bir organizm uchun foydali, ikkinchisi uchun befarq bo'ladi. Parmalovchi g'ovaktanlilar (Cliona avlodi) o'ziga xos ekologik guruhni hosil qiladi. Ular ohak substrat — mollyuskalar chig'anog'i, korall poliplar skeleti yoki ohak toshlami teshib kirib oladi. Teshikdan hayvon tanasining oksulumli qismi chiqib turadi. Partnalovchi g'ovaktanlilar ohakni yemiruvchi kislota ishlab chiqarish xususiyatiga ega