Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi



Yüklə 44,94 Kb.
səhifə28/31
tarix15.12.2022
ölçüsü44,94 Kb.
#74935
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
asosiy zoologiyaaaa

Polip va meduza davrlari
Gidrozoylardan asosan gidralar yakka yashaydi. Dengiz gidropoliplari juda ko‘p individlardan iborat koloniya hosil qiladi. Koloniya kurtaklanish orqali hosil bo ‘ladigan yosh poliplami ona polipdan ajralib ketmasdan yana kurtaklanib yangi poliplar hosil qilishi tufayli vujudga keladi. Bunday y o i bilan hosil boigan koloniya daraxt yoki butaga o ‘xshab ketadi. Koloniya umumiy poyadan va unda joylashgan juda ko‘p shoxlardan iborat. Har bir shoxning uchida alohida individgidrant joylashgan. Koloniyadagi har bir individ gidraning bitta kurtagiga o‘xshab ketgan. Gidrantlaming gastral bo‘shlig‘i koloniya poyasi va shoxlari orqali о ‘tadigan bo ‘ shliqqa tutashib ketadi. Shuning uchun har bir gidrant hazm qilgan oziq koloniya individlari o ‘rtasidatekis taqsimlanadi. Koloniya poyasi sirtdan yupqa, tiniq va pishiq organik po‘st-periderma bilan qoplangan. Bir xil gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetadi; boshqalaridabu po‘st gidrantni o'rab turadigan kosacha, ya’ni teka hosil qiladi. Bu belgiga asosan gidrozoid poliplar kosachasiz (tekasiz) vakosachali (tekali) turkumlarga ajratiladi. Teka polip koloniyasini mustahkam bo'lishini ta’minlaydi. Gidroid poliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlami va blastostil deb ataladigan meduza hosil qiladigan individlami hosil qiladi. Blastostil shaklan o'zgargan gidrant bo'lib, undan paypaslagichlari va og‘iz teshigining bo'lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma qobiq-gonoteka bilan o'ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi boiadi. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasi -meduzalami hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shu usulda hosil bo iadi. Ko'pchilik gidroidlarda meduzalar bevosita gidrantlardan kurtaklanish orqali hosil boiadi. Obeliya koloniyasidagi blastostillarda hosil boiadigan meduzalar qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar ayrim jinsli, ularda jinsiy hujayralar shakllanadi. Meduzalar ham poliplarga o'xshash tuzilgan, lekin tanasi soyabon shaklida bo iadi. Meduza soyabonining ustki qavariq tomoni eksumbrella, ostki botiq tomoni subumbrella deyiladi. Subumbrella tomonidagi maxsus poyacha sirtida og'iz teshigi joylashgan. Og'iz teshigi gastral, ya’ni hazm qiluvchi bo'shliqqa ochiladi. Bu bo'shliq markaziy oshqozon bo'shlig'idan, undan soyabon chetiga qarab ketadigan radial naylar va soyabon cheti bo'ylab joylashadigan halqa naydan iborat. Odatda radial naylar to'rtta yoki to'rt karra miqdorda boiadi. Oshqozon, radial va halqa naylar birgalikda gastrovaskulyar bo ‘shliq ya’ni ichak - naylar sistemasini hosil qiladi. Soyabon chetida joylashgan yupqa muskulli parda meduzaning botiq tomoniga ochiladigan teshikni birmuncha toraytiradi. Yelkan deb ataladigan bu parda faqat gidropoliplar meduzasi uchun xos boiadi. Yelkan meduzani harakatlanishida katta ahamiyatga ega. Meduza soyaboni chetlaridan paypaslagichlar osilib turadi. Paypaslagichlar radial naylar singari to‘rtta yoki to‘rt karra miqdorda bo'ladi. Mezogleyasining kuchli rivojlanganligi bilan meduzalar poliplardan farq qiladi. Mezogleyaning asosiy qismi suvdan iborat bo‘lganidan meduzaning tanasi shaffof shishaga o ‘xshab ketadi. Planktonda hayot kechiradigan barcha organizmlar tanasi rangsiz tiniq bo'ladi. Bu hodisa plankton organizmlaming niqoblanish rangi hisoblanadi.


Yüklə 44,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin