Shaxsning yo’nalishi va qobiliyati.
O’quvchi juda ko’p narsaga qiziqadi, kitob o’qish, musiqa eshitish, futbol o’ynash, televizor ko’rish, tabiatda sayr etish, hokozolar.
Hozirgi kunda ko’proq ilmiy va badiiy kitoblarni o’qiydi. Muhammadamin sportning boks turiga juda qiziqadi.
O’quvchilarning e’tiqodi yagona orzu-istagi oliy o’quv yurtiga kirish. Ideali - buvisi.
O’quvchi kelgusida o’zi o’ylayotgan oliy o’quv yurti talabasi bo’lishni orzu qiladi.
Intizomliligi.
Xulq atvori tinib-tinchimas. Maktab rejimini albatta bajaradi. Kattalarning gapini bajarmasdan qo’ymaydi. Buni dars mobaynida kuzatsak bo’ladi.
Fe’l-atvori va xususiyatlari.
O’quvchi, ayniqsa, dars davomida juda sezgir o’tiradi. Kamtar, vijdonli bola. Irodasi kuchli, kitobni bir o’qiganda tugatishga harakat qiladi. Hammaga birdek mehribon. Har vaziyatda ham hamrohini zeriktirmaydi. Hayotga munosabati kuchli, ishchan, g’ayratli bola. Unda bir me’yorgagi kayfiyat, na quvnoq, na g’amgin emas.
Umumiy psixologik pedagogik xulosalar.
Man kelajakda Rahmonov Muhammadamin yanada komil shaxs bo’lib yetishishiga o’z hissamni qo’shmoqchiman. Uning aqliy rivojlanishi yaxshi.
Oilada yaxshi aqliy, axloqiy tarbiyalangan. O’quvchining shaxsiy afzalliklari ko’p: og’ir tabiatli, aqlli, bilimli, tirishqoq, ziyrak, ijodkor, tashbbuskor.
Jahongirni kelajakda o’zi yoqtirgan kasb egasi bo’lishiga ishonaman.
Tavsifnoma yozuvchi: ingliz tili va adabiyot yo’nalishi
404- guruh talabasi
Aliyeva Saodatxon
Sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma.
Qo’qon 2018yil.
Sinf jamoai haqida umumiy ma’lumot.
Sinfda 31 ta o’quvchi bo’lib, ulardan 17 tasi o’g’il bolalar, 14 tasi qiz. Sinf juda ham faol. A’lochi o’quvchilar 10 nafarni tashkil qiladi. Barchasi o’quv qurollariga ega. Sinf o’quvchilari jamoat topshiriqlarini o’z vaqtida bajaradilar. Sportni sevadilar. Bir-birlari bilan ahil, sinfdagi muhit iliq va sog’lom.
Sinf ijara tizimidagi darsliklarga ega. Kundalik nazorat ostida bilim olishadi.
Sinfda tartibbuzar, tarbiyasi og’ir o’quvchi yo’q. Maktabda sinfning o’ziga yarasha obro’ va o’rni bor. Sinf o’z o’rni va salohiyatiga ega.
Turli ko’rik-tanlovlarda faol qatnashadi. Sinf o’z devoriy ro’znomasiga ega. Ro’znoma har bir bayram, muhim sanaga atab chiqariladi, unda sinf hayoti aks ettiriladi.
Sinfda o’quvchilarning bilim olishlari uchun hamma kerakli sharoitlar mavjud.
Sinf kutubxonasi, imtixon burchaklari, ma’naviyat burchaklari ular xizmatida.
Davlat ta’lim standartlari asosida bilim olishga intilishadi.
Dostları ilə paylaş: |