Bir pallali yoki lolasimon o`simliklar sinfi-monocotyledonae yoki liliopsida


Bulduruqnamolar qabilasi. Alismatalis



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə4/23
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#43802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Lolanomalar qabilasi kurs ishi

1.Bulduruqnamolar qabilasi. Alismatalis.

Bu qabila 2 ta oilani o`z ichiga oladi. Shulardan biri haqida fikr yuritamiz.

1.Bulduruqdoshlar oilasi –Alismataceae.

Oila vakillarini ko`pchiligi ko`p yillik, ba`zan bir yillik o`t o`simliklardir. Barglari rozetka holda ildiz bo`g`zidan o`sib chiqadi. Gullari to`g`ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, soyabon yoki qalqonsimon to`pgul hosil qiladi. Gulqo`rg`oni murakkab, kosacha va tojbarglardan tashkil topgan. Changchilari 3 ta yoki bir nechta, urug`chisi ham bir nechta mevabargchaning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Mevasi pistacha, yong`oqcha yoki ko`sakcha.

Oilaning 11 ta turkum va 70 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan biri Bulduruq (Alisma plantago agvatica) hisoblanadi. U ildizpoyali tugunaksimon, popuk ildizli o`simlik. Cho`l, adir va tog` zonasida, ariq, hovuz, ko`l va daryolar bo`yidagi botqoqlik va sernam joylarda o`sadi. Uchyaproqli nayzabarg (Sagittaria trifolia) ham ko`p yillik o`t o`simlik bo`lib, o`sish sharoiti yuqoridagi o`simlikka o`xshash.

Ahamiyati: Tuganak hosil qiluvchi vakillarining tuganagida kraxmal, oqsil, yog` va qand moddalari uchraydi. Tugunagini suvda ivitish yo`li bilan achchiq moddalari yo`qotilib, undan oziq-ovqat tayyorlash mumkin. Meditsinada dorilar ham tayyorlanadi.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin