2.2. Bir pallali o`simliklarning ikki pallali o`simliklarga o`xshashligi va farqi.
Gulli o`simliklarning bu katta sinfiga, asosan mo`ta-dil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o`t o`simlik-lar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o`simliklar kira-di.
Bir pallali o`simliklar o`ziga xos quyidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi.
1. Bu sinfga mansub ko`pchilik o`simlik vakillaring urug`ida faqat bitta urug` palla bo`ladi.
2. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib qo`shimcha ildizlari rivojlanadi.
3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba`zan to`rsimon tomirlangan bo`ladi.
4. Naychalar bog`lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo`ladi va ular ko`pincha sochilib joylashadi.
5. Ko`pchilik xollarda gullari 3 bo`lakchali va besh qinrrali-dir.
Bu sinfga kiradigan ko`pchilik bir pallali o`simliklarning poya va ildizlari kambiy qatlami bo`lmaganligidan ular, odatda yo`g`on toritib (ikkilamchi) o`smaydi. Ikkilamchi o`sish bir pallalilarning faqat ba`zi turigagina (yog`ochsimon, drasena, yukkalarga) xos bu poyaning periferik qismida hosil bo`ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to`qima) ning bo`lishi natijasida ro`y beradi.
Bir pallalilar turlarining soni ikkipallalilar turlari sonining 1/3 ko`ra kamrog`ini tashkil qiladi. Lekin birpallalilar individlarning soni jihatidan o`tloqlar, cho`llar, katta - katta daryolarning sohilidagi sersuv yerlari singari ba`zi joylarda ikki pallalilardan turadi va ko`pincha asosiy manazara fonini hosil qiladi.
Bizning floramizda bir pallalilardan faqat o`t o`sim-liklar bo`lib, ular o`tloq, dasht, shunigdek, tog` va cho`l yaylovlarda o`sadi. Odatda, bir pallali o`simliklar orasida ildiz poyali ko`p yillik, shunigdek,tuganakli va piyozli o`simliklar uchraydi. Piyozsimonlar asosan yilning qurg`oqchilik davri aniq ifodalangan oblastlar uchun xosdir. Bir pallali o`simliklar inson xayetida katta ahamiyatga ega. Bug`doy, javdar, makkajo`xori, shakarqamich, palma kabi oziq ovqat tayyor-lanadi, shunigdek, har xil yem-xashak, texnika xom ashyosi va manzarali o`simliklar sifatida qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |