7- rasm. Rang avlodi (Carex).
Urug`kurtagi 1 ta anatrop mevasi - yong`oqcha hamda urug`idagi embrioni unsimon endosperm bilan o`ralgan.
Qiyoqlarning amaliy ahamiyatlari juda kam. Ular xashak bo`ladigan o`tlar sifatida ko`pchiligi dag`al bemaza xashak beradi, tarkibida fosfor va kalsiy kam bo`ladi.
Qiyoqgullilarning eng ko`p tarqalgan avlodlari quyidagilardir:
Rang avlodi (Carex) - bu avlodga 2000 ga yaqin tur kiradi. O`zbekistonda 43 turi uchraydi. Bu avlod vakillari ildizpoyali ko`p yillik bo`lib, nam va botqoq yerda, soy va ariq bo`ylarida, cho`l hamda baland tog`larda o`sib, qalin o`tzorlar hosil qiladi. Qum rangi (C. arenaria) - ko`chma qumlar harakatini to`xtatish va yem - xashak uchun ekiladi.
Salomalaykum avlodi (Cyperus) Bu avlodning 14 turi O`rta Osiyoda, 8 turi O`zbekistonda uchraydi. Ular sernam va botqoq yerlarda o`sadi. Tugunakli salomalaykum (C. rotundus) havfli begona o`t hisoblanadi, dalada juda tez ko`payadi, ko`p yillik o`t o`simlik, ildizpoyasi 2 xil
1) pastga qarab o`sgan ildizpoyasi, uning uchiga qo`ng`ir rangdagi tugunakchasi va 2) gorizontal o`sgan ildizpoyalari bor.
Qiyoq avlodi (Scirpus) O`rta Osiyda bu avlodning 19, O`zbekistonda 11 turi uchraydi. Zax va botqoq joylarda, ko`l va soy qirg`oqlarida qo`l qiyog`i (S. fcustris), qirg`oq qiyog`i (S.littarales) turlari o`sadi.
Dostları ilə paylaş: |