Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L.
Sarsabil - bo`yi 150 sm gacha boradigan ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Ildizpoyasi yo`g`on bir talay ildizlar chiqaradi. Poyalari to`g`ri o`sib, ko`p shoxlanadi, tuksiz. Barglari reduksiyalanib pardasimon kichik - kichik tangachalarga aylangan. Gullari mayda , yashil - sariq rangda, uzun - uzun bandli. Mevasi diametri 5 mm gacha boradigan olti urug`li dumaloq rezovor meva. Urug`lari ikki tomondan qisilib kelgan, dumaloq shaklda.
May iyulda gullaydi, iyun oxirlari - iyulda mevalari yetila boshlaydi.
Tojikiston Kavkaz va g’arbiy Sibirda dasht - qirlar, butazorlar orasida o`sadi. O`rta Osiyoda ko`p joylarda ekiladi ham
Uning ildizpoyasi bilan ildizlari va yosh novdalari dorivorlik xususiyatiga ega bu organlar o`z tarkibida asparagin va saponin moddalarini saqlaydi. Yetilgan mevalarida 36% gacha qand moddalari, kapsantin bilan fizamin urug`larida 16% yog`li moy topilgan.
Dostları ilə paylaş: |